Breaking News

Donbass frontga aylanmoqda


Donetsk, 2022-yilning yanvari

Ukrainada urush mamlakat sharqi Dobnassga ko’chmoqda. Bu hududlardagi aholi keskin janglar arafasida ogohlikka, imkoniyat borida shaharlarni tark etishga chaqirilmoqda.

Bungacha jiddiy tahdid ostida ko’rilgan Kiyevda sekinlik bilan hayot tiklanib, shaharni tashlab chiqqan aholi qaytishni boshlagan.

Ammo Kiyev hokimi Vladimir Klichko qaytish istagidagi aholini shoshmaslikka chaqirib, xavf darajasi yuqori ekani haqida ogohlantirmoqda.

Haqiqatda Rossiya qo’shinlari Kiyev atrofidan olib chiqilganiga qaramasdan poytaxt havo zarbalari ehtimolidan xoli emas. Bunday hujumlardan ogohlantiruvchi sirenalar ovozi tinmagan.

Ayni paytda poytaxt atrofidagi shaharlarni, jumladan jiddiy qirg’in kuzatilgan Bucha shahrini ham Rossiya armiyasi tomonidan qoldirilgan minalardan tozalash ishlari davom etyapti.

Tomonlar o’rtasidagi ashaddiy janglar esa sharqiy viloyatlarga ko’chgan. Ukraina harbiy texnik yordamga muhtoj. Kiyev AQSh va Yevropa davlatlaridan qo'shimcha yordam so'ramoqda.

Ukrainada urush Donbassga ko'chayapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

Hozirda AQSh Ukrainaga harbiy madad va’da qilgan. NATO a’zolari bu borada muhokamani davom ettirmoqda.

Kiyev atrofida kuzatilgan qirg’inlarga doir ma’lumot tomonlar o’rtasidagi muzokaralarga ham ta’sir o’tkazgan. Rossiya bu qirg’inni inkor qilib, muzokaralarni to’xtatish uchun o’ylab topilgan sahna deb atadi.

Ammo Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasini harbiy jinoyatlariga qaramasdan Ukraina baribir muzokara qilishga majburligini ta’kidlagan.

Muzokaralardagi eng ziddiyatli mavzu aynan hududlar, xususan Donbass masalasidir.

Rossiya armiyasi asosiy kuchini Donbassga tashlab, bu hududda o’ta og’ir janglar kutilmoqda. Ukraina hukumati aholini bu hududlarni tark etishga chaqirmoqda.

Urush qochqinlari soni yanada oshishi mumkin. Hozirgacha qariyb 4 million fuqaro mamlakatni tark etgan. 10 milliondan oshig’i esa mamlakat ichkarisida qochqinga aylangan.

Rossiya-Ukraina urushi 24-fevralda boshlangan. So’ngi haftada urush maydonidagi vaziyat o’zgargan. Rossiya armiyasi Kiyevni, markaziy shaharlarni egallash maqsadidan voz kechib, asosiy kuchini Donbass ishg’oliga jalb etmoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG