Breaking News

Xorijdagi uyg'urlar sizdirilgan hujjatlar orasidan qarindoshlarini topmoqda


Shinjon politsiyasining sizdirilgan hujjatlariga bag'ishlangan sayt
Shinjon politsiyasining sizdirilgan hujjatlariga bag'ishlangan sayt

Amerika fuqarosi, asli shinjonlik Anvar besh yildan beri Shinjondagi oilasini ko’rmagan va hatto ular bilan muloqot qilmagan. Yaqinda u Xitoy politsiyasiga aloqador, sizdirilgan hujjatlarda oʻz qarindoshining suratini ko’rib qoldi. Bu hujjatlar va tasvirlar oʻtgan oy Vashingtonda joylashgan “Kommunizm qurbonlari xotirasi” jamgʻarmasi va axborot vositalari tomonidan ommaga eʼlon qilingan edi.

“Men Shinjon politsiyasining oshkor qilingan suratlarinni ko’rib chiqar ekanman, faqat xayrlisini umid qilib o’tirdim”, - deydi u.

Arzugul Abdurahim

Anvar bir necha soat davomida son-sanoqsiz tasvirlarni titib, fayllar ichidan jiyani, 42 yoshli Arzugul Abdurahimning rasmini ko’rib qoldi.

“Amakivachchamning suratini ko‘rganimda ichimda g‘azab, umidsizlik va iztirob paydo bo’ldi. Uning qo‘liga kishan bog‘langanligi ma’lum edi, - deydi Anvar. - Biz birga o'sgan edik va men uchun u yaqin singlim edi. U oddiy uyg'ur ona edi, bolalariga g'amxo'rlik qilardi. Ularni eng yaxshi narsalar bilan ta'minlashga urinardi”.

Shinjondagi lagerda saqlanayotgan Arzugul Abdurahim
Shinjondagi lagerda saqlanayotgan Arzugul Abdurahim

Shinjon politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, Arzugul Abdurahim 2018-yilda “qayta tarbiyalash” markaziga joylashtirilgan.

Anvarga ko’ra, Arzugulning jinoyati "uning shaxsi, uning uyg'ur ekanligi"dir.

"Bu suratlar faqat 2018-yilga tegishli. Oʻshandan beri genotsid yanada kuchaydi. Boshqa oila aʼzolarim va yaqinlarim ham tirik, degan umiddaman", - deydi Anvar.

Metyar G’ofur

2011-yildan beri AQShda istiqomat qilib kelayotgan yana bir uyg’ur amerikalik Mehmet Ali Sulton ham Shinjon politsiyasi hujjatlaridagi suratlarni elakdan o‘tkazib, o‘zining tug‘ilgan shahri Konasheher tumanidagi uyg‘ur mahbuslar orasida tanish chehralarni ko‘rdi. U o‘zining sobiq maktabdoshi Metyar G‘ofur 2017-yilda Xitoy rasmiylari tomonidan hibsga olinganini aniqlagan.

Shinjondagi lagerda saqlanayotgan Metyar G’ofur
Shinjondagi lagerda saqlanayotgan Metyar G’ofur

“Agar oshkor qilingan fayllar boʻlmaganida, men doʻstim va sobiq sinfdoshimning oʻzboshimchalik bilan hibsga olingani haqida bila olmagan boʻlardim”, - dedi Sulton “Amerika Ovozi” bilan telefon suhbatida.

"Men qidiruvimni faqat 30 yoshdan oshgan odamlar orasida qildim, o'n yildan ortiq vaqt davomida ko'rmagan tanishimni ko’rib, darhol tanidim", - dedi Sulton.

G’ofurning lagerga tashlanishi sabablari "moliya ishtirokidagi terrorizm" deya tasvirlangan.

“Uning yuzini taniganimda, titrab ketdim va ko‘z yoshlarimni arang tiya oldim”, - dedi Sulton.

Fayllar ichidagi ma'lumotlar

G'ofur va Abdurahimning suratlari politsiya bo'limlari va hibsxonalarda olingan minglab fotosuratlardan ikkitasi, xolos. jumladan 2800 dan ortiq mahbusning suratlari. Shinjondagi kompyuterlar tarmog‘idan buzib kirilgan ma’lumotlar keshi “Kommunizm qurbonlari xotirasi” jamg‘armasi tomonidan hozirgacha “eng katta va eng muhim sizib chiqish” sifatida tavsiflangan.

Fayllardagi ma’lumot bo’yicha, eng yosh uyg'ur mahbus 14 yoshli qiz, eng kattasi esa 73 yoshda.

Fotosuratlardan tashqari, sizdirilgan fayllar orasida Xitoy hukumatining Shinjondagi uyg‘urlarni ommaviy hibsga olishga oid hujjatlar va nutqlar ham bor. Ular fond tadqiqotchilaridan biri Adrian Zenzga oshkor qilingan. Jamg'armaning ta'kidlashicha, ma'lumotlar tadqiqotchilar va tergovchi jurnalistlar guruhlari tomonidan tasdiqlangan va o’rganib chiqilgan.

"Kommunizm qurbonlari xotirasi jamg'armasiga ko'ra, kutilmaganda muallifga fayllarni taqdim etish uchun murojaat qilgan shaxs mustaqil asosda harakat qilgan; hujjatlarni boshqalarga taqdim etish yoki nashr etish bo’yicha hech qanday shart qo'ymagan va shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan anonim qolishni istagan”, - deyiladi jamg’arma saytida.

Shinjon politsiyasi fayllari orasida yuqori martabali xitoylik amaldorlarning maxfiy nutqlari, qamoqxona lagerlarini himoya qilish haqidagi ichki politsiya hujjatlari ham bor.

Agar “talabalar” qochishga harakat qilsa, markazlardagi qoidaga ko‘ra, ogohlantiruvchi o‘q otish, shunda ham to’xtamasa, “otib tashlash” buyurilgan, deyiladi sizib chiqqan fayllardagi ichki politsiya hujjatlarida.

Pekin o‘zining davlat ommaviy axborot vositalari orqali tarqandan xabarlarida bu markazlar talabalarga mandarin tilini o‘rganishda yordam berishini va talabalarga kasb-hunar o‘rgatishini aytgan. 2019-yilda Xitoyning global televizion tarmog‘i (CGTN) davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, bu yerda o‘quvchilar darsga boradi, sport bilan shug‘ullanadi va haftada bir marta uylariga boradi”.

“Kommunizm qurbonlari xotirasi” jamgʻarmasining aytishicha, Shinjon politsiyasi fayllari “Xitoyning shimoli-gʻarbiy Shinjon viloyatida 1-2 million uygʻur va boshqa etnik ozchilik fuqarolar saqlanishi aytiladigan lagerlar bo’yicha Pekin olib boradigan siyosatning tabiati va koʻlamini fosh etadi”.

“Bu toʻgʻridan-toʻgʻri Shinjon politsiyasi kompyuter serverlaridan olingan hujjatlarning misli koʻrilmagan nusxasidir”, - deydi “Kommunizm qurbonlari xotirasi” jamgʻarmasi prezidenti va AQShning Jenevadagi BMT idorasida ishlagan sobiq elchi Endryu Bremberg.

Xitoyning javobi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining 24-may kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi matbuot anjumani chogʻida oshkor etilgan maʼlumotlarning qonuniyligi haqida soʻralganda, matbuot kotibi Van Venbin bu fayllar “Xitoyga qarshi kuchlarning Shinjonni yomonotliq qilishi bo’yicha soʻnggi namuna” ekanini aytdi.

"Ular tarqatayotgan yolg'on va mish-mishlar dunyoni alday olmaydi. Shuningdek, Shinjonda tinchlik va barqarorlik hukm surayotgani, iqtisodiyoti gullab-yashnashi, xalqi tinch va xotirjam yashab, mehnat qilayotganini yashira olmaydi", - dedi Van Pekindagi matbuot anjumanida.

Qo'shma Shtatlar va boshqa ba'zi G'arb davlatlari hamda inson huquqlari tashkilotlari Xitoyni Shinjondagi uyg'urlar va boshqa turkiy etnik guruhlarga qarshi genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotganlikda ayblab keladi. Pekin bir necha bor ayblovlarni yolg‘on deb atagan va huquqbuzarliklarni rad etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG