Breaking News

Toshkent: Afg'oniston xalqaro anjumanidan maqsad nima?


Tolibonga qarshi Afg'oniston Milliy qarshilik fronti Toshkentga boshqa afg'onlar ham taklif qilinishi kerak, deya tadbirni tanqid qilmoqda. Ammo boshqalar nazarida, anjuman barcha afg'onlarni bir joyga to'plash uchun turki berishi mumkin.
Tolibonga qarshi Afg'oniston Milliy qarshilik fronti Toshkentga boshqa afg'onlar ham taklif qilinishi kerak, deya tadbirni tanqid qilmoqda. Ammo boshqalar nazarida, anjuman barcha afg'onlarni bir joyga to'plash uchun turki berishi mumkin.

Bugun va erta Toshkentda "Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot" mavzusida xalqaro anjuman o'tadi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, undan qator maqsadlar ko'zlagan:

- Afg'oniston iqtisodini tiklashda yordamlashish, bu xalqqa yordamni oshirish

- Tolibon boshqaruvini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini bajarishga undash, jumladan inklyuziv hukumat tuzish va xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilish

- Afg'oniston hududidan qo'shni davlatlar va butun dunyo xavfsizligiga nisbatan tahdid bo'lmasligini ta'minlash

- Afg'onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo’yilgan chekovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini ishga solish.

Toshkent xalqaro aeroporti, 24-iyul, 2022
Toshkent xalqaro aeroporti, 24-iyul, 2022

O'zbekiston hukumati nazarida bu maqsadlarni amalga oshirish nafaqat minglab ish o'rinlarini yaratadi, balki afg'on jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etib, Afg'oniston zaminida uzoq kutilgan tinchlik va barqarorlikka yo'l ochadi.

Afg'oniston Milliy qarshilik fronti, Tolibonga qarshi kuchlar, Toshkentga boshqa afg'onlar ham taklif qilinishi kerak, deya tadbirni tanqid qilmoqda. Ammo oldingi hukumatda yuqori lavozimlarda ishlagan afg'onlar deydiki, bu tadbir mamlakatdagi barcha kuchli bir joyga to'plash uchun turki berishi mumkin.

Konferensiyada Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozog'iston, Qatar, Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillari, BMT a uning turli organlari rahbarlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, xalqaro moliya institutlari vakillari qatnashadi.

Vashingtondan, xususan Davlat departamentidan Afg'oniston bo'yicha ikki maxsus diplomatlar - Tomas Uest va Rina Amiri qatshanadi. Uest - Bayden ma'muriyatining Tolibonga nisbatan siyosatini amalga oshirishga mas'ul. Amiri - esa Afg'oniston xotin-qizlar va inson huquqlari bo'yicha vakil. AQSh hukumatidan yana bir necha a'zo bo'lib, ular Tolibon bilan muloqot qilishi kutilmoqda.

Vashingtondan, xususan Davlat departamentidan Afg'oniston bo'yicha ikki maxsus diplomatlar - Tomas Uest va Rina Amiri qatshanadi. Uest Bayden ma'muriyatining Tolibonga nisbatan siyosatini amalga oshirishga mas'ul. Amiri esa Afg'oniston xotin-qizlar va inson huquqlari bo'yicha vakil. AQSh hukumatidan yana bir necha a'zo bo'lib, ular Tolibon bilan muloqot qilishi kutilmoqda.

Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy, Toshkent, 25-iyul, 2022
Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy, Toshkent, 25-iyul, 2022

Anjumanda Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Kobuldan kelgan mehmonlar kecha va bugun Toshkentda turli idoralarda muloqotlar o'tkazgan, xususan Tashqi ishlar vazirligida muvaqqat vazir Vladimir Norov hamda prezidentning tashqi siyosat bo'yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov bilan uchrashgan. Delegatsiya uchun ziyofat berilgan.

Tashqi ishlar vazirligining tasdiqlashicha, anjumanda 100 ga yaqin xorijiy delegatsiyalarga "O'zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning taqdimotlari ham tashkil etiladi".

Jumladan:

- Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar temir yo'li qurilishi

- Surxon-Puli-Humri elektr uzatish liniyasini qurish

- Gumanitar yordam ko'rsatish bo'yicha Xalqaro ko'p funksiyali transport-logistika xabi

- Termiz shahrida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG