Breaking News

Nyu-Yorkda Ozbekiston to'qimachilik mahsulotlari ko'rgazmasi


“Texworld New York City 2022" ko'rgazmasi 19-21 iyul kunlari o'tdi
“Texworld New York City 2022" ko'rgazmasi 19-21 iyul kunlari o'tdi

“Mahalla USA” bu yili yangi an’anaga asos solib, O’zbekistondan kelayotgan delegatsiyalarni Qo’shma Shtatlarda yashayotgan vatandoshlar va mahalliy siyosatchilar bilan uchrashtirmoqda.

O’zbekistonlik futbolchi qizlar jamoasi, diniy ulamolar va hunarmandlar bilan o’tkazilgan muloqotlardan mehmonlar ham, vatandoshlar ham mamnun.

Bu safar O’zbekiston to’qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv kechdi.

Tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar avvalo “Texworld New York City 2022” xalqaro ko’rgazmasida qatnashdilar.

O’zbekistonning “Samo” kompaniyasi rahbari Yorqinjon G’aniyev:

“Nyu-Yorkdagi ko’rgazmaga kelishdan asosiy maqsad - Amerika bozoriga kirish. Bu yerda [332 million] xalq bor. Katta bozor bu. Keyin bu boy davlat. Masalan boshqa davlatlarda bir yilda bir qator ust-bosh kiysa, bu yerda 3-4 qator kiyib yechib tashlayveradilar. Shuning uchun bu bozorga kirish maqsad. Qaysi biri bizga to’g’ri keladigan setni (savdo tarmog’ini) topishimiz kerak. Va buning uchun shu yerda yashaydigan odamlar bilan aylanib ko’rishimiz kerak”.

Har yili Nyu-Yorkning yirik Javits ko’rgazmalar markazi jahonning turli burchaklaridan to’qimachilik sanoatining katta-kichik vakillarini yig’adi.

O'zbekiston to'qimachilik namunalari AQSh ko'rgazmasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:13 0:00

Andijonda joylashgan “Marjan Textile” korxonasining marketing bo’limi rahbari Umidxo’ja Ikromov:

“Avvalambor tajriba, malaka oshirish, chunki bu yerda juda ham ko’p brendlarni ko’rasiz. Ularning bosib o’tgan yo’llari bilan tanishasiz. Odam o’ziga motivatsiya oladi. Bu Nyu-York, Amerika! Bu yerga o’ziga ishonganlar, mahsulotiga ishonganlar keladi. Ular bilan birga bo’lib birga qadam tashlash bu juda ham yaxshi. Juda ham katta tajriba oladi odam”.

Bu yilgi ko’rgazmada O’zbekistonning to’qimachilikka ixtisoslashgan 15 eksportchi korxonasi o’z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

O’zbekiston delegatsiya rahbari Mirmuhsin Sultonov, “O’zto’qimachilik” uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari:

“Xorijiy bozorlarda shunday fikr borki, haliyam O’zbekiston paxta davlati, haliyam xomashyo davlati degan tushuncha bor. Biz shu tushunchani o’zgartirishga keldik”.

Mahbuba Sultonova, “O’zto’qimachilik” uyushmasi bo’lim boshlig’i:

“2000 dan ortiq yirik eksportchi korxonalar “O’zto’qimachilik” uyushmasi tarkibiga kiradi. Ushbu ko’rgazmaga tashrif buyurgan korxonalarning 10 foyizi yarim tayyor mahsulot bilan ishtirok etyapti, 90 foizi tayyor mahsulotlari bilan bu ko’rgazmada ishtirok etyapti”.

Mirmuhsin Sultonov, “O’zto’qimachilik” uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari
Mirmuhsin Sultonov, “O’zto’qimachilik” uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari

Okean ortida yashaydigan vatandoshlari bilan uchrashuvda ham o’zbekistonlik tadbirkorlar o’z mahsulotlarini namoyish qildilar.

Ular o’z mahsulotlari AQSh bozoriga kirishga arzirli ekanligini ko’rsatib, vatandoshlar orasidan ham hamkorlar izlamoqda.

Nyu-York shahar kengashi a’zosi Ari Keygen, shuningdek, Demokratik partiyadan Iven Chu “Mahalla USA” tadbirlarining doimiy mehmonlari.

Vatandoshlar uchrashuvi va ko’rgazma tashabbuskori - “Turon Trade House” kompaniyasi.

Tadbirda shu kunlarda AQShda ijodiy safarda bo’lib turgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulbahor Erqulova kuyladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG