Breaking News

Kongress: Xavfli ekologik muhitda, xususan, O'zbekistonda xizmat qilgan harbiylar uchun yangi imtiyozlar


Siyosiy satira yulduzi Jon Styuart Amerika harbiylari va urush faxriylari manfaatlari uchun kurashib keladi. Styuart bugun Kongressda ma'qullangan qonun loyihasini targ'ib qilib tanilgan.

Vashingtonda uzoq yillardan beri qonunchilarga dardini aytib, ko'proq tibbiy imtiyozlar so'rab kelayotgan urush faxriylari maqsadiga yetdi. 2-avgust kuni AQSh Senati ekologik jihatdan zaharli deb hisoblangan muhitlarda xizmat qilgan harbiylarga zarur muolaja va xizmatlarni kafolatlovchi qonunni qabul qildi. 100 senatordan 86 nafari loyihani quvvatladi. Vakillar palatasi uni mart oyida tasdiqlagan edi.

Prezident Jo Bayden imzo chekishga shay.

“Toksik muhitlardagi zararni inobatga oluvchi bunday qonun oldin bo'lmagan", - deydi Bayden.

"Harbiylarimiz bunday e'zozga arziydi va bu yordam - bizning ular oldidagi burchimiz".

Aslida Senat bu loyihani ikki oy oldin ma'qullagan edi, biroq texnik xato topilib, hujjat qayta muhokama qilindi va ovozga qo'yildi.

Siyosiy satira yulduzi Jon Styurat bu kampaniyaning yuziga aylanib, qonunchilardan loyihani paysalga solmaslikni so'rab, Amerika xavfsizligi yo'lida xizmat qilganlarni ular umr bo'yi yuzlashadigan xavflardan himoya qilishga undab kelayotgan edi.

Kongress hovlisida to'plangan veteranlar kunlar davomida jazirama issiqda natijani kutdi.

“Ulkan yutuq. AQSh tarixida o'ziga xos burilish. Sa'y-harakatlar samara berdi", - deydi Senatda demokratlar sardori Chack Shumer ularga qarata.

Qonun millionlab amerikaliklarning sihati uchun chuqur ahamiyat kasb etadi. Nafas olish yo'llari bilan bog'liq xastaliklar, saraton turlari va boshqa og'ir kasalliklarga uchragan harbiylar va faxriylar endi tizimga aynan xizmat paytida zararlanganini da'vo qilib murojaat qilishi va ko'mak olishi mumkin. Oldingidek chuqur isbot talab qilinmaydi. Bemorning qachon qayerda xizmat qilgani qayd etiladi xolos.

Shu kungacha bunday arzlarning deyarli 70 foizi qabul qilinmagan. AQShning har bir harbiy bazasida kimyoviy, tibbiy va boshqa turdagi chiqindilar yo'q qilinar ekan, uning ta'siri harbiylarga salbiy bo'lishi ham endi qonunan tan olindi.

Afg'oniston, Iroq, Vyetnam, Tailand, Kambodja, Laos, Guam, Amerika Samoa orollari va boshqa davlatlarda xizmat qilganlar zaruratlari qoplanadi. Vafot etgan faxriylarning yaqinlari ham imtiyozlarga ega bo'ladi.

O'zbekiston ham bu ro'yxatda bor. Qarshi-Xonobod harbiy bazasida ikki yil xizmat qilgan Mark Jekson fikricha, bu qonun - inson va uning xizmatini qadrlovchi hujjat.

AQSh Qashqadaryo viloyatidagi havo bazasidan Afg'onistondagi harakatlar uchun 2001-2005 yillarda foydalangan. U yerda hozir ham minglab o'zbekistonliklar faoliyat yuritadi.

Jekson va uning minglab safdoshlari "O'zbekistondagi toksik muhit salomatligimizga zarar yetkazgan" deb Kongressdan ko'mak so'rab kelayotgan edi.

"Umidni boy bermadik, oxirgi daqiqalargacha hayajonda edik. Biz yuzlashgan ekologik tahdid ilk bor qonuniy tarzda tan olindi", - deydi Jekson.

"Endigi umidimiz, O'zbekistondagi do'stlarimiz va hamkorlar ham zarur yordamni oladi va quvvatlanadi", - deydi veteran "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan.

Jekson O'zbekiston hukumatini harbiy inshootlardagi ekologik omillarga e'tibor berishga undaydi.

19 shtatdagi 31 yirik tibbiy dargoh va ilmiy markaz yangi qonun amaliyotida muhim rol o'ynaydi.

Vakillar palatasi bu maqsaddagi xarajatlar 10 yil uchun taqriban 320 milliard dollar bo'ladi deya hisoblagan.

Respublikachi senator Marsha Blekburn deydiki, imtiyozlarga talab keskin oshishi Urush faxriylari vazirligiga og'ir tushishi va xizmat ko'rsatish sekin kechishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 900 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG