Breaking News

Qarshi-Xonobod: AQSh harbiylari shikoyati haqida aholi nima deydi?


Qarshi-Xonobod: AQSh harbiylari shikoyati haqida aholi nima deydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:44:41 0:00

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Xonobod qishlog’idamiz. O’zbekiston havo kuchlari garnizoni hududi. 20 yil oldin Xonobodda AQSh o’z havo bazasini ochib, to’rt yil bu inshootni ishlatgan. Bu obyekt Afg’onistondagi harbiy harakatlarda muhim rol o’ynagan. "Amerika Ovozi" yaqinda Xonobodda bo'ldi.

O’zbekiston janubida, Tojikiston va Afg’oniston chegarasidan uzoq bo’lmagan hududdamiz. Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Xonobod qishlog’ida. O’zbekiston havo kuchlari joylashgan yirik garnizon shu yerda. 20 yil oldin Xonobodda AQSh o’z havo bazasini ochib, to’rt yil bu inshootni ishlatgan. Bu obyekt Afg’onistondagi harbiy harakatlarda muhim rol o’ynagan. Minglab amerikaliklar bu bazadan o'tgan, bu yerda xizmat qilgan. Toshkentdan 460 kilometrcha uzoqda joylashgan garnizon atrofidagi muhit bilan tanishamiz, aholi bilan gaplashamiz.

Gap shundaki, so‘nggi yillarda bir guruh amerikalik harbiylar, iste’fodagi zobitlar, Xonobodda zaharli va radioaktiv moddalar ta’siri ostida xizmat qilganini va natijada saratondek og‘ir kasalliklarga chalinganini da’vo qilib, AQSh Kongressiga arz qilgan. Pentagon va boshqa mas’ul idoralar bu borada qonunchilarga hisobot bergan. Senat va Vakillar palatasida bu faxriylarning shikoyatlariga asoslangan qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG