Breaking News

Serbiya va Kosovo kelishuvga erisha olmadi


Xalqaro hayot - 2022-yil, 19-avgust
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:44 0:00

Serbiya va Kosovo yetakchilari 18-avgust kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida oradagi ziddiyatlarni bartaraf etish bo’yicha kelishuvga erisha olmadi. Biroq ular 1-sentabrga belgilangan muddatdan oldin yana uchrashishlarini ma’lum qildi.

“Afsuski, bugun kelishuvga erisha olmadik”, - dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Josep Borrel Bryusselda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo bosh vaziri Albin Kurti o‘rtasida bir necha soat yopiq eshiklar ortida o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

Serbiya va Kosovo rasmiylari o'rtasida o'tgan muloqot
Serbiya va Kosovo rasmiylari o'rtasida o'tgan muloqot

Serbiya va Kosovo o'rtasidagi keskinlik Kosova shimolida yashovchi, Belgrad tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan va Kosovo institutlarini tan olmaydigan serblarga Kosovo avtomobil raqamlaridan foydalanishni majburiy qilish haqidagi tartib e’lon qilinishi ortidan boshlandi.

Kosovo Bosh vaziri Albin Kurti AQSh va Yevropa Ittifoqi bosimi ostida yangi tartibni 1-sentabrgacha qoldirishga rozi bo’lgach va NATO tinchlikparvar kuchlari nazoratni o’z qo’liga olganidan keyin vaziyat tinchlandi.

"1-sentabrgacha hali vaqt bor. Muzokarani davom ettiramiz", - dedi Borrell jurnalistlar bilan muloqotda.

Kosovo Belgrad boshqaruviga qarshi qariyb 10 yil davom etgan partizanlik kurashi ortidan 2008-yilda mustaqillikka erishgan edi.

Serbiya hamon Kosovoni o‘z hududining ajralmas qismi deb biladi va Prishtinani ozchilik serblar huquqlarini oyoq osti qilishda ayblaydi. Etnik serblar 1,8 millionlik Kosova aholisining 5 foizini tashkil qiladi. Jami aholining 90 foizi etnik albanlardan iborat.

Vaziyat keskinlashishi ortidan NATO Kosovoda tinchlikparvar kuchlari sonini oshirdi.

NATO vakilining aytishicha, bu choralar tinchlikparvar kuchlarning xavfsizlikka oid har qanday muammoga tezkorlik bilan javob berishini taʼminlashga qaratilgan.

Agar qo‘shni Serbiya bilan ziddiyat kuchaysa, NATO Kosovodagi tinchlikparvar kuchlari sonini yanada oshiradi, dedi alyans rahbari Yens Stoltenberg.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG