Breaking News

AQSh yashil energiya bo'yicha Xitoyga bog'liqlikni kamaytirmoqchi


Quyosh energiyasi bo'yicha Xitoy bilan raqobat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:28 0:00

Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga oid qabul qilingan yangi qonun AQShda quyosh panellarini ishlab chiqarish va o’rnatishni yanada kengaytirishi kutilmoqda. Qonun asosida soha vakillariga soliq imtiyozlari beriladi.

Las-Vegas shahri nafaqat kazinolari, balki 300 kundan ortiq quyoshli iqlimi bilan ham mashhur. Bu esa energiya xarajatari ko’proq bo’lishidan dalolat.

“Biznikidek ikki qavatli va basseynga ega uy uchun har oy elektrga 800 yoki 900 dollar pul ketadi”, - deydi Jeyson Livingston ismli fuqaro.

Pul tejash uchun u quyosh panellarini o’rnatmoqda. So’nggi yillarda buning xarajati ancha kamaygan.

“Men bu ishni boshlagan paytimga qaraganda hozir quyosh panellarini o’rnatish ancha kamxarj. Las-Vegasdek joy uchun bu moliyaviy tomondan, shubhasiz, foydali”, - deydi “Sol-Up” kompaniyasi asoschisi Frenk Riger.

Riger Livingstonning uyiga Germaniyada ishlab chiqarilgan panellarni o’rnatmoqda. Ammo bu bozorda asosiy o’yinchi – Xitoy.

Xalqaro Energiya agentligi ma’lumotiga ko’ra, Xitoyda quyosh panellari sanoati keskin o’shishi natijasida ishlab chiqarish xarajatlari ancha kamaygan. Ayni paytda global quyosh panellari bozorida Xitoy hissasi 80 foizdan ortiq. Ammo bir mamlakatga bog’liqlikning xavfli tomoni ham bor.

“Auxin Solar” AQShda quyosh panellari ishlab chiqaruvchi sanoqli kompaniyalardan biri.

“Agar AQShda ta’minot zanjiriga ega bo’lmasak, bu milliy xavfsizlik muammosi hisoblanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbasiga ega bo’lishingiz mumin, lekin uni istalgan payt kerakli jihozlar bilan ta’minlashga qodir bo’lmasangiz, u o’chib qolishi mumkin”, - deydi kompaniya rahbari Ma’mun Rashid.

Shu yil AQSh Uyg’urlar majburiy mehnatining oldini olish qonuni asosida Xitoydan kristalli kremniyga ega mahsulotlarni import qilishga cheklov qo’ydi.

“AQShning faktlar va haqiqat bilan ishi yo’q. Normal iqtisodiy va savdo hamkorligini siyosiylashitrib, sanoat va ta’minot zanjirlariga, mehnat taqsimotiga sun’iy aralashmoqda va Xitoy kompaniyalariga behuda zug’um o’tkazyapti”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Chjao Litzyan.

Xitoy elchixonasining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, AQSh bo’hton tarqatishni zudlik bilan to’xtatishi va bu zararli qonunni bekor qilishi kerak.

Uy tomlaridagi yashil maydonlar va quyosh panellari sarf-xarajatni qoplayaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Yaqinda qabul qilingan Inflyatsiyani qisqartirish qonuni asosida AQShda quyosh panellari sanoatini rivojlantirish uchun yangi soliq imtiyozlari e’lon qilindi.

“Xitoy bilan muomala qilyapsiz. U erkin bozor iqtisodiyoti emas. Imtiyozlar bilan Xitoyni hech qachon yenga olmaysiz va bu yetarli emas. Savdo qonunlarini ijroga kiritish va zararni to’xtatish kerak”, - deydi Rashid.

“Auxin Solar” kompaniyasi shikoyati asosida Savdo vazirligi shu yil boshida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan quyosh panellari ustidan tekshiruv boshladi. Shikoyatga ko’ra, aslida Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bojdan qochish uchun uchinchi mamlakatlar orqali AQShga olib kirilmoqda. AQSh kompaniyalari e’tirozi ortidan Bayden ma’muriyati bu mamlakatlardan kelayotgan panellarga tarif qo’yish ikki yilga to’xtatilishini e’lon qildi.

Ma’mun Rashid bundan norozi.

Savdo vazirligiga ko’ra, tekshiruv natijalari ikki yillik tanaffus ortidan ijroga kiritiladi.

Oq uy 2024-yilgacha mahalliy panellar ishlab chiqarish hajmi uch barobar oshishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG