Breaking News

Mexikoda AQSh, Kanada va Meksika rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi


Jozef Bayden, Andres Manuel Lopes Obrador va Jastin Trudo

Mexiko shahrida AQSh, Meksika va Kanada rahbarlari uchrashib, noqonuniy migratsiya va qoradori savdosiga qarshi kurash, Xitoy raqobati oldida o’zaro savdoni kuchaytirish, Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi birgalikda harakat qilish kabi mavzularni muhokama qildi.

Xalqaro hayot - 11-yanvar, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:39 0:00

“Biz haqiqiy hamkormiz. Xalqlarimizni xavfsizroq va farovonroq hayot bilan ta’minlash maqadida o’zaro hurmat asosida birga ish olib boryapmiz”, - dedi Prezident Jo Bayden.

Biroq kun tartibidagi masalalar oson emas, rahbarlar ularning yechimini turlicha ko’radi.

Meksika prezidenti Baydendan iqtisodiy hamkorlikni oshirishni so’radi.

“Lotin Amerikasi va Karib dengizi mintaqasiga beparvolik, ularni mensimaslik va unutish kabilardan voz kechish vaqti keldi. Bu Franklin Ruzveltdek erkinlik va ozodlikni targ’ib qilgan buyuk insonning yaxshi qo’shnichilik siyosatiga qarama-qarshidir”, - dedi Andres Manuel Lopes Obrador.

Bayden bunga shunday javob berdi:

“Qo’shma Shtatlar nafaqat yer sharining bu qismiga, balki butun dunyoga boshqa har qanday mamlakatga qaraganda ko’proq tashqi yordam ko’rsatadi. Afsuski, biz yolg’iz g’arbiy yarim sharga emas, balki Markaziy Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaga ham mas’ulmiz”, - dedi Amerika rahbari.

Mexiko sammitida rahbarlar Shimoliy Amerika qit’asida yarimo’tkazgichlarni ishlab chiqarishda, toza energiya bilan ishlashda, qattiq chiqindilardan ajralayotgan metan miqdorini kamaytirishda hamkorlik qilish xususida gaplashdi.

“Kuchimiz birlikda. Avtoritar rahbarlarning kuchga to’lishi global beqarorlik va narxlarning ko’tarilishiga sabab bo’lyapti, oddiy odamlarga qiyin bo’lyapti, dunyo katta mavhumlikka yuz tutyapti. Rahbar va do’st sifatida bir bo’lib, iqtisodiyotimizni kuchaytirish yo’llarini birgalikda izlashimiz kerak”, - dedi Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo.

AQSh-Meksika chegarasida noqonuniy migratsiya ham sammitda muhokama etildi. Rahbarlar qonuniy migratsiya yo’llarini xavfsiz va tartibli ravishda kengaytirish, hamkorlikda ish qilish, hukumatlar va xalqlar orasida aloqani yaxshilash kerakligiga urg’u berdi, noqonuniy qurol, qoradori va inson savdosi umumiy tahdid ekanini tan olib, bu muammolarga qarshi birgalikda ishlashga kelishishdi.

“Sammit qo’shma bayonoti yoki matbuot anjumanida olamshumul gaplar bo’lmadi, chunki uch tomonlama uchrashuvlarda kamdan-kam holatlarda katta bayonotlar bo’ladi yoki mavzular yechimi e’lon qilinadi. Muhokama qilingan masalalar murakkab va uzoq tarixga ega. Shu bilan birga rahbarlarning muntazam uchrashib turishi, joriy yil uchun ustuvor vazifalarni belgilashi muhimdir”, - deydi Vashingtondagi Uilson markazi tahlilchisi Endryu Rudman.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG