Breaking News

Turkiya Ukrainani energetik inqirozdan qutqarishi mumkin


Ko'chada kechki taom tayyorlayotgan fuqaro. Kramatorsk, Ukraina, 16-dekabr, 2023.
Ko'chada kechki taom tayyorlayotgan fuqaro. Kramatorsk, Ukraina, 16-dekabr, 2023.

Rossiya kuchlari Ukraina fuqarolari hayotiga tahdid solishda davom etar ekan, qahraton qish chillasida energetik infrastrukturani izdan chiqarishga, mamlakatni taslim qilishga urinmoqda.

“Ular ko’proq ukrainlarni bevosita qurbon qilish uchun elektr, issiqlik va suv ta’minotidan uzib, og’ir ahvolga solish payida”, - deydi Demokratik tashabbuslar fondi vakili Petro Burkovskiy.

Turkiyaning ko’chma elektr stansiya kemalarini ishlab chiqaradigan “Karpowership” kompaniyasi Ukrainani energetik inqirozdan saqlab qolishi mumkin. Kemalar millionlab xonadonga elektr quvvatini yetkazib berishga qodir.

Xalqaro hayot - 20-yanvar, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00

“Ukrenergo” kompaniyasi va Odessa rahbariyati bilan muloqotdamiz. Ukrainaga jami 300 megavat kuchga ega kemalarni yo’llashga tayyormiz. 100 megavatlik ko’chma stansiya Odessani elektr bilan ta’minlashi, qolganlari yaqin hududlarga xizmat qilishi mumkin”, - deydi “Karpowership” kompaniyasidan Zeynep Yilmaz.

Rossiya Ukraina elektr stansiyalarini vayron qilishda davom etar ekan, yirik generatorlarga jiddiy ehtiyoj bor.

“Ayni damda Ukrainada elektr ishlab chiqarish hajmi keskin qisqargan. Ko’plab issiqlik va gidro-elektr stansiyalari vayronaga aylangan. Talabni qoplay olmayapmiz. Bu jiddiy muammo. Mamlakat bo’ylab ta’minot uzulgan”, - deydi “Ukrenergo” rahbari Volodimir Kudritskiy.

Biroq ko’chma elektr stansiyalari himoyasini kafolatlash muhim. Anqara Moskva bilan iliq diplomatik aloqa o’rnatgan, biroq bu iliqlik kemalar nishonga olinmasligiga kafolat emas. Kompaniya masalaga yechim izlamoqda.

“Turli tomonlar bilan muzokaradamiz. Xususan, AQSh tashkilot va idoralari, Moldova va Ruminiya hukumati bilan. Bu ikki mamlakat portlaridan Ukrainaga elektr yetkazish imkoniyatlarini izlayapmiz”, - deydi Yilmaz.

“Karpowership” 30 kun ichida kemalarni sozlab, Ukrainaga elektr quvvatini yetkazib berishni boshlashga tayyor turibdi. Biroq to’lov masalasi yana bir muammo.

“Xizmat uchun to’lovni Ukraina hukumati yoki biror xalqaro tashkilot qoplashi hozircha mavhum”, - deydi Burkovskiy.

Qish qahratoni kuchayib, Rossiya qo’shinlari Ukraina infratuzilmalariga qarshi hujumni oshirar ekan, o’tayotgan vaqt Kiyev zarariga ishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG