Breaking News

AQSh “Amerika Ovozi” muxbirining tazyiqqa uchraganini qoraladi


Turkiyada so'z erkinligi himoyasi uchun o'tkazilgan namoyish (arxiv)
Turkiyada so'z erkinligi himoyasi uchun o'tkazilgan namoyish (arxiv)

“Amerika Ovozi”ning Turkiya poytaxtidagi muxbiri Yildiz Yazıchıo’g’li Milliy harakat partiyasi (MHP) yetakchisi Devlet Bahcheliga savol berar ekan, partiya rasmiylari tomonidan turtib yuborildi. MHP raisining Ommaviy axborot vositalari va targ'ibot bo'yicha o'rinbosari İsmail O'zdemir keyinroq “Twitter” sahifasida bu voqea uchun jurnalistning o’zini ayblashga urindi.

"Uning xorijiy media tashkiloti va AQSh propaganda vositalaridan biri bo'lgan “Amerika Ovozi”dagi "doimiy" roli asl niyatini fosh etib turibdi".

"Amerika Ovozi"ning Turk xizmati ayni voqea yuzasidan munosabat so’rab, AQSh Davlat departamentiga murojaat qildi.

“Biz matbuot erkinligini, jurnalistlar va muxbirlarning o‘z ishlarini ta’qiblarsiz, tahdidlarsiz, butun dunyo bo‘ylab zo‘ravonlikdan xoli holda olib borishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘lgan tamoyil”, - dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Anqara va Vashington o'rtasidagi muloqotda "Amerika Ovozi"ning turk vebsaytiga qo’yilgan taqiq masalasi ham ko’tarilganmi, degan savolga Prays shunday deb javob berdi:

"Biz umuminsoniy huquqlarning universalligini ta'kidlab kelamiz. Ana shunday umuminsoniy huquqlardan biri so‘z erkinligi, yig‘ilishlar erkinligidir. Bunda esa matbuot erkinligi prinsipial ahamiyatga ega”.

Jurnalistlar uyushmalari va bir qator muxolif siyosatchilar “Amerika Ovozi”ning turkiyalik muxbiri bilan Anqarada yuz bergan voqeani qoralab bayonot chiqardi.

Demokratiya va progress (DEVA) partiyasi raisi Ali Babajan “Twitter” orqali bu voqeaga munosabatini quyidagicha izohladi:

“Bahcheli unga ishingni qil, dedi. Vaholanki, Yildiz xonim o'z ishi bilan shug'ullanib, bu ishning bir qismi sifatida savol so’rayotgan edi. Bu odamlar o‘z qilmishlari uchun javob beradigan kun hali keladi”.

Kelajak partiyasi rahbari va sobiq bosh vazir Ahmet Dovuto‘g‘li ham “Twitter” orqali murojaat e’lon qilib, “Jurnalistlardan kim qo‘rqadi, bilasizmi? Shubhali biznesi borlar, iflos munosabatlar tarmog‘iga aralashganlar, yolg‘on bilan odamlarni aldaydiganlar”, deb yozdi.

Jurnalistlar uyushmasi MHP rasmiylarini Yazichio'g'li xonimdan uzr so'rashga chaqirdi. Turkiya Jurnalistlar Uyushmasi Anqara bo’limi ham “Matbuot erkin, senzuraga o’rin yo’q” nomi bilan voqeani qoralovchi bayonot chiqardi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG