Breaking News

Amerikalik jarrohlar Ukrainaga yordam bermoqda


Ukrainada ishlayotgan amerikalik jarrohlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Bir guruh amerikalik plastik jarrohlar Rossiya bosqini boshlangandan beri Ukrainaga qatnamoqda. Askarlarga va oddiy odamlarga urush jarohatlaridan tiklanishda yordam berish uchun.

Doktor Roman Bukachevskiy 24 yil o’tib, jiyani Oksana bilan uchrashdi.

Ular Lvov shahri markazida, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali poyida birga suratga tushdi.

Bukachevskiy ikkinchi jahon urushidan keyin Ukrainani tark etgan muhojir oila farzandi.

Kaliforniyada plastik jarroh bo’lib ishlaydi.

Rossiya bosqinidan keyin u xususiy klinikasini vaqtincha yopib, Ukrainaga keldi.

“31 yildan beri shifokorlik qilaman. Xususiy shifoxonam bor. Bu kabi jarohatlarni oldin ham ko’rganmisiz deb so’rashganda yo’q deyman. Chunki Amerikada urush ko’rmaganman”.

Doktor Stiven Orten esa 2022-yilning fevralidan keyin Ukrainaga to’rtinchi marta kelishi. 2023-yilda yana ikki marta kelishni rejalab qo’ygan.

“AQShda yengilroq travmalar bilan ko’p yuzlashamiz, ba’zida yuziga o’q tekkan bemorlar keladi. Lekin bu yerda portlashlar jiddiy shikast yetkazgan odamlar keladi”.

Bukachevskiy Lvovga amerikalik sakkiz hamkasbi bilan kelgan, uch nafarining kelib chiqishi ukrainalik.

Orten doktor Jeyms Suenni ham kelishga ko’ndirdi. U Amerikaning eng sara quloq, burun va tomoq jarrohlaridan biri.

Suen sobiq prezident Bill Klintonning shaxsiy shifokorlaridan biri bo’lgan.

“Odamlarga yordam berish uchun bir imkoniyat bu. Oilam, do’stlarim, bemorlarim “Ukrainaga bormang, shu yerda keraksiz” deyishdi. Yo’q, hozir Ukrainada ko’proq kerakman, deb keldim”, - deydi Suen.

Bir haftada amerikalik jarrohlar qattiq kuygan va yuzi shikastlangan 15 bolani operatsiya qilishdi.

Uch yashar Rostislav shulardan biri. Uning barmoqlari kuygan, operatsiyaga muhtoj edi. Bolaning otasi sakkiz oy oldin janglarda halok bo’lgan.

“Otasi urushga ketganini bilmasdi ham. Ishga ketgan deganmiz. Jasadini olib kelganlariga qadar bilmagan. Qiyin bo’ldi”, - deydi ayol.

“Plastik jarrohlikning otalaridan biri shunday degan: "Buzg’unchilik ilmi shifo ilmidan ancha oldinda. Qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. Ammo davolash usullarimiz doim sodir etilayotgan vayronagarchilikdan bir qadam orqada. Vayronagarchilikni to’xtatish kerak”.

Tiklanishga balki bir umr ketar. Ukrainlarning hozirgi umidi - urush tezroq tugasin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG