Breaking News

Ukraina bahorgi hujumni boshlashga tayyormi?


Ukraina askari
Ukraina askari

Ukraina harbiy kuchlari uzoq kutilgan bahorgi hujumni boshlash uchun zarur bo'lgan barcha jihozlar, qurol va o'q-dorilarga ega, dedi AQShning oliy harbiy qo'mondoni.

Ukraina rasmiylari va ularning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarini qaytarib olishga qaratilgan harbiy kampaniya tez orada yuz berishi mumkinligini yashirmayapti. Bu yaqin haftalarda boshlanishi haqida taxminlar bor.

AQShning Yevropadagi harbiy kuchlari qo‘mondoni general Kristofer Kavolining aytishicha, Ukraina kuchlarini qurol-yarog‘ tizimlari yoki ta’minotidagi yetishmovchiliklar endi to’xtata olmaydi.

"Biz qurollarni jo’natishda davom etyapmiz, - dedi u. - Harbiy mashinalarning 98 foizdan ortig'i allaqachon yetib borgan".

G‘arb tanklari, jumladan, Britaniyada ishlab chiqarilgan “Chellenjer” va Germaniyaning “Leopard” texnikalari o‘tgan oy Ukrainaga yetib kela boshladi.

O’tgan hafta Qo'shma Shtatlar Kiyevga artilleriya o'qlari va raketalar, shuningdek, tankga qarshi boshqariladigan raketalar hamda qurollar yetkazib beruvchi 325 million dollarlik qo’shimcha yordam paketini e’lon qildi.

“Biz ukrainalik hamkasblarimiz bilan suhbatlashdik va ularga kerak bo‘ladigan materiallar miqdorini hisoblab chiqdik”, - dedi NATOning oliy harbiy qo‘mondoni bo‘lgan Kavoli AQSh qonunchilari huzurida o’tgan tinglovda.

"Ishonchim komilki, biz ularga kerak bo'lgan materiallarni yetkazib berdik va amaliyotlarini qo’llab-quvvatlash uchun ta’minotni davom ettiramiz", - deya qo’shimcha qildi u.

Ba’zi Ukraina rasmiylari ehtimoliy hujum qachon boshlanishi haqida sabrli bo’lishga chaqirayotgan bo’lsa-da, rossiyaparast bloggerlar tomonidan e'lon qilingan so'nggi videolar tahlili ukrainaliklar jiddiy harakatga tushganini ko’rsatadi.

Vashingtonda joylashgan Urushni oʻrganish institutiga koʻra, videoda Ukraina qoʻshinlari Dnepr daryosining sharqiy tomonida oʻz pozitsiyalarini oʻrnatgani ko’rinadi. Bu Qrim yarimorolini qaytarib olish uchun boshlanadigan amaliyotga tayyorgarlik bo’lishi mumkin.

AQSh va Yevropa kerakli harbiy yordam yetkazib berilayotganini ta’kidlashiga qaramay, Ukraina rasmiylari doimiy ravishda G‘arbdagi ittifoqchilaridan ko‘proq yordam, xususan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar va samolyotlar yuborishni so’ramoqda.

Ukraina armiyasidagi musulmonlar imomi bilan suhbat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:59 0:00

AQSh Mudofaa vazirining yordamchisi Selest Uollander chorshanba kuni qonunchilarga Kiyevning eng muhim ehtiyojlari qondirilayotganini ta'kidladi.

"Ro'yxatda bor, lekin G'arbning zamonaviy samolyotlari bu ro'yxatning taxminan sakkizinchi o’rnida", - dedi u va asosiy e’tibor havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va zirxli imkoniyatlarga qaratilayotganini ta’kidladi.

Kavoliga ko’ra, AQShda ishlab chiqarilgan “Patriot” raketaga qarshi mudofaa tizimlari shu oy boshida Ukrainaga yetib kelgan va ular Kiyevga “o‘z mamlakati va kuchlari ustidan havo bo‘shlig‘ini nazorat qilish”da yordam bermoqda.

"Bu hozir eng zarur narsa, - dedi u. - Ular buni quruqlikdagi havo mudofaasi bilan juda samarali amalga oshirishdi”.

Kavoli va Uollander, shuningdek, qonunchilarni ortiqcha ishonchga berilmaslik haqida ogohlantirdi. Ukrainada duch kelgan og'ir yo'qotishlarga qaramay, Rossiya harbiy qudratining asosiy qismi zarar ko’rmagan, dedi Pentagon rasmiylari.

“Rossiyaning anʼanaviy harbiy salohiyati pasaygan boʻlsa-da, yadro, kiber va axborot operatsiyalari, kosmos va dengiz osti urushlaridagi imkoniyatlarini saqlab qolgani uchun Rossiya jiddiy xavf tugʻdirishda davom etmoqda”, - dedi Uollander.

"Rossiya armiyasining katta qismi bu mojarodan aziyat chekkani yo’q", - deya qo'shimcha qildi Kavoli Rossiyaning suv osti kemalari flotiga ishora qilib.

Uning qo’shimcha qilishicha, so’nggi paytlarda Rossiyaning Atlantika okeani bo’ylab patrul harakatlari ancha faollashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG