Breaking News

AQShda musulmonlar va yahudiylar birdek sarosimada


Illinoysda falastinliklardan nafratlangan amerikalik o'ldirgan olti yoshli arab bola. Uni bir necha bor pichoq sanchigan odam 71 yoshli erkak bo'lgan. Hujumda bolaning onasi jarohatlangan.
Illinoysda falastinliklardan nafratlangan amerikalik o'ldirgan olti yoshli arab bola. Uni bir necha bor pichoq sanchigan odam 71 yoshli erkak bo'lgan. Hujumda bolaning onasi jarohatlangan.

Isroil-XAMAS urushi avjiga chiqar ekan, Amerikada musulmonlar va yahudiylar nafrat qurboni bo’lmoqda. Yaqin Sharqdagi zo'ravonliklar AQSh jamiyatida ham aks sado beradi.

7-oktabrda XAMAS Isroilga hujum qilib, yuzlab yahudiylarni o’ldirgani va garovga olganidan beri AQSh jamiyatida ham o’ziga xos sarosima.

14-oktabrda Illinoys shtatida 6 yoshli musulmon bola vaxshiylarcha pichoqlandi. Uning o’limi mamlakatni larzaga keltirdi. Nafratga asoslangan jinoyat.

Prezident Jo Bayden xalqni hamjihatlikka chaqirib, hukumat bunday holatlarning oldini olish uchun nimaiki chora bo’lsa, ko’radi, deya bong urmoqda.

Fadva Hasan AQShda tug’ilgan. Ota-onasi falastinlik. Tarixiy vatanidagi dahshatdan xavotirlangan qiz Amerikada ham tinchligini yo’qotgan, qo’rqinchda.

“Hijobda bo’lsangiz, namoz o’qisangiz, islomiy maskanlarga borsangiz, tahdid ostidasiz. Bizga zo’ravonlik qilishlari mumkin degan vahimadamiz”, - deydi u.

Los-Anjeles sinagogasi, 7-oktabr, 2023
Los-Anjeles sinagogasi, 7-oktabr, 2023

Linda Shapiro – yahudiy. Uning ibodatxonasida xavfsizlik choralari mahkamlangan. Virjiniya shtatidagi sinagoga shu kungacha bu qadar xavotirga tushmagan.

“Bir-birimizni ayblamasligimiz kerak. Nafratga berilmaslik kerak. Hammasida XAMAS aybdor. Shuni yodda tutishimiz zarur”, - deydi Linda.

Federal Qidiruv byurosiga ko’ra, Amerika bo’ylab yahudiylarga qarshi jinoyatlar o’tgan yili 36 foizga ko’paygan. Musulmonlarga nisbatan jinoyatlar oshmagan, kamaymagan ham. Yiliga qariyb 200 holat qayd etiladi.

AQSh: Nafratga asoslangan jinoyatlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Bu jinoyatlar soni Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarab o’zgarib turadi.

"Xorijdagi biror urushda amerikaliklar o’ldirilsa yoki Isroil-Falastin mojarosida ko’proq qon to’kila boshlasa, AQShda yahudiy va musulmonlarga nafrat oshgani kuzatiladi. Jinoyatlar shundan dalolat, ya’ni bu doiralarga kimdir hujum qiladi, aynan kelib chiqishi bois”, - deydi Brayan Levin, kriminolog.

Amerika- Islom aloqalari kengashi nazarida ham bu tahlil asosli. 7-oktarbdan beri musulmonlarga tahdid oshgan. Tashkilotdan yordam-maslahat so’rayotganlar ko’p.

Mojaroni qoralash, hamdardlik bildirishning o’zi yetmaydi, deydi kengash vakili Kori Seylor. Jamoatchilik hukumatdan konkret choralar talab qilishi kerak.

Dialog, muloqot, hamjihatlik haqida o’nlab yillardan beri javraymiz. Tinchlikka shu tariqa erishamiz degan xayol bilan yashaymiz, ish ko’ramiz”, - deydi Seylor.

Yahudiylarga nisbatan jinoyatlarga qarshi kurashuvchi tashkilot ham xavotir va vahima oshganini bildiradi. Isroil siyosati uchun yahudiylarni ayblash, ulardan nafratlanish noto’g’ri, deydi uning vakili Reychel Sass.

“Chet eldagi urushlarga bu yerda omma hissiyot bilan yondashadi, ular yuzasidan chuqur tushunmay xulosa qiladi. Biror hukumat xatti-harakati yoki biror joydagi urushda muayyan diniy yoki etnik guruhni javobgar tutish mutlaq xato”, - deydi faol.

AQSh bo’ylab mahalliy hukumatlar fuqarolardan bunday jinoyat ehtimoli yoki tahdid haqida bilsa, darhol xabar berishni so’ramoqda. Nafratga toqat qilinmaydi, deydi mutasaddilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG