Breaking News

O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitiga mezbon


Mirziyoyev: Yaqin Sharqdagi vaziyat qattiq xavotir uyg'otmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:12 0:00

Mirziyoyev: Yaqin Sharqdagi vaziyat qattiq xavotir uyg'otmoqda

8-9 noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) sammitida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Eron, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari hamda Pokiston va Qozog‘iston bosh vazirlari qatnashdi. Tashkilot bosh kotibi Xusrav Noziriy ham ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mezbonlik qilgan tadbirda bu davlatlarni mushtarak tarix, islom din, madaniyat va qadriyatlar bog‘lab turishiga urg'u berilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, yarim milliard aholi yashaydigan, dunyo energetika resurslarining uchdan bir qismiga ega IHT makoni savdo-iqtisodiy, sanoat, investitsiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.

Toshkent, 9-noyabr, 2023
Toshkent, 9-noyabr, 2023

IHTni isloh qilish, xalqaro nufuzini yuksaltirish, shuningdek, transport, energetika, ekologiya, turizm va xavfsizlik sohalaria yangi dasturlar tasdiqlangan.

O‘tgan yili IHT doirsaidagi savdo aylanmasi 85 milliard dollarni tashkil etgan. Bu a'zolarning umumiy tashqi savdosining atigi 8 foizidir, deya Mirziyoyev o'zaro tijoratni oshirishga chaqirgan.

Toshkent nazarida imtiyozli savdo bitimini tuzish bo‘yicha ko‘p yillik urinishlar kutilgan samarani bermayapti. "To‘siqsiz savdoni shakllantirish yo‘lida hali-hamon ko‘plab cheklov va muammolar saqlanib qolmoqda".

A’zo davlatlarning aksariyati dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega emas. “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li va Transafg‘on multimodal yo‘li loyihalarini ishga tushirish muhimligi ta'kidlangan.

“O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatga boshqa a’zolar ham qo‘shilib, o‘zaro tarif va yig‘imlarni maqbullashtirishi lozim, deydi Mirziyoyev.

O'zbekiston rahbari Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalgan.

G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatib, tinchlik muzokaralari boshlashga chaqirar ekan, Mirziyoyev Falastin xalqi BMT rezolyutsiyalariga ko'ra o‘z mustaqil davlatini barpo etishga haqli, deya bong urgan.

Afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga undab, Mirziyoyev bu mamlakat "mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir", degan.

IHT raisligi Eronga o‘tgan. Tashkilotga o'zi 1985-yilda Tehronda asos solingan. O'zbekiston va boshqa bosqa sobiq sovet davlatlari unga 1990-yillarda qo'shilgan.

Prezidentlar va bosh vazirlar savdo, sarmoya, kommunikatsiya va gumanitar masalalarda birga ishlash borasida gaplashib olgan.

Mirziyoyev har bir mehmon bilan alohida muloqot qilgan.

1985-yilda Tehronda tashkil topgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti xalqaro maydonda faolligi bilan tanilmagan. Bu organ doirasidagi munosabatlar asosan qog'ozda.

Tuzilgan paytda belgilangan asosiy maqsad a'zolar orasida yagona bozor hosil qilish bo'lgan, xuddi Yevropa Ittifoqi singari. Biroq ikki tomonlama kelishuvlar bilan cheklanib qolgan.

O'zbekiston unga 1992 yildan beri a'zo. Qo'shni sobiq sovet davlatlari ham IHTga o'sha paytda kirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Forum

XS
SM
MD
LG