Breaking News

Panama Xitoy bilan Panama kanaliga doir kelishuvni qayta ko’rib chiqishga rozi


Panama Prezidenti Xose Raul Mulino (chapda) va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio
Panama Prezidenti Xose Raul Mulino (chapda) va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio dam olish kunlari Panamada Prezident Xose Raul Mulino bilan uchrashib, undan Xitoyning Panama kanaliga ta’siri va nazoratini kamaytirishni so’ragan, aks holda Prezident Tramp chora ko’rishini aytgan.

Xalqaro hayot - 3-fevral, 2025-yil - Tramp ma’muriyati Xalqaro taraqqiyot agentligini yopmoqchimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:49 0:00

AQSh rahbari kanalni Panama emas, Pekin boshqarib kelayotganini da’vo qilarkan, masalani diplomatik yo’l bilan hal qilishga umid qilmoqda, Panama uning talabini bajarmasa, kanalni, kerak bo’lsa, kuch bilan olib qo’yishi haqida gapirgan.

“Panamada armiyani ishga solishga hojat bo’lmaydi deb o’ylayman. Panamaning qilgan ishi dahshatli. Panama kanalidagi yozuvlarning 70 foizi xitoycha. Bu yaxshi emas. Kanal Xitoy uchun qurilmagan”, - deydi Tramp.

Unga ko’ra, Panama kanalni unga topshirish haqidagi 1999-yil shartnomasini buzgan.

Rubio bilan uchrashuvdan so’ng Mulino Xitoy va Xitoy kompaniyalari bilan kelishuvlar ko’rib chiqilishini bildirdi, biroq kanal suvereniteti muhokama etilmasligini aytdi.

Panama kanalning har ikki tarafidagi portlar boshqaruvini 25 yilga Gonkongdagi kompaniyaga (CK Hutchison) topshirgan. Kelishuv qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

Rubioga ko’ra, AQSh bilan mojaro boshlangan taqdirda Xitoy kanalni yopib qo’yishi mumkin. Biroq Panama kanal uning nazoratidagi mustaqil idora tomonidan yuritilayotganini ta’kidlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG