Breaking News

Qochqin ayollar Chadda jinsiy zo'ravonlikka uchramoqda


Sudandan Chadga qochganlar, 15-avgust, 2023.
Sudandan Chadga qochganlar, 15-avgust, 2023.

Sudanning ixtilofli Darfur hududidan Chadga qochib o’tganlar og’ir kun kechirmoqda.

Ayollar taom tayyorlash uchun qochqinlar lageridan bir necha kilometrli yo’lni bosib o’tib, quruq shoh-shabbalarni terib keladi.

Biroq ayollarning jinsiy zo’ravonlikka uchrashi hollari ko’paygan.

Suhbatdosh ayolning aytishicha, o’tin terish chog’ida ularga pichoq va boltalar bilan qurollangan erkaklar hujum qilgan.

“Biz qochdik, bir ayolni ushlab olishdi. Men yaralandim”, - deydi u.

Xalqaro hayot - 7-fevral, 2025 - AQSh-Yaponiya, Ilon Mask, Qochqin ayollar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:06 0:00

Suhbatdosh ayollar kelgusida ta’qib va tazyiqlarga uchrashdan qo’rqib, shaxsini ma’lum qilishdan tiyiladi.

Tadqiqotchilarga ko’ra, qochqinlar lageridan o’tin terishga chiqqan ayollarning jinsiy tajovuzga uchrashi odatiy holga aylangan.

Yana bir darfurlik ayol jinsiy zulm tahdididan qutilib bo’lmasligini aytadi.

Uning hikoya qilishicha, Darfurda Tezkor madad kuchlari vakillari ko’pchilikning guvohligida ayollarni zo’rlagan. Jinsiy tajovuz qurboniga aylanganlar ko’p bo’lgan.

“Ular odamlarni do’pposlagan. Zo’rlab o’ldirgan. Ko’z o’ngimda qizlarni zo’rlashgan”, - deydi u.

Huquq himoyachilari Darfurda qurolli guruhlar ayollarni zo’rlaganiga doir holatlarni hujjatlashtirgan.

Suhbatdosh ayollardan biri ayanchli kunlarni eslaydi.

“Ular meni zo’rladi. Qizimni zo’rlab o’ldirdi. Kechasi uxlamaymiz, ular bizni o’ldirishga keladi deb qo’rqamiz. Bu abadiy qo’rquv”, - deydi u.

Zulmdan qochib Chad hududida qashshoqlikda kun kechirayotgan qochqin ayollar eng kamida jinsiy zo’ravonlikka chek qo’yilishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG