Breaking News

"Apple" Xitoydan uzoqlashmoqdami?


"Apple" logotipi
"Apple" logotipi

“iPhone” va aksariyat “Apple” mahsulotlari Xitoyda ishlab chiqariladi. AQShda asoslangan multinatsional kompaniya o’z sanoatini Vyetnam va Hindiston tomon ham kengaytirgan.

“Apple” endi Qo’shma shtatlar bo’ylab kengayish ilinjida. Kompaniya kelasi to’rt yil mobaynida AQSh iqtisodiga jami 500 milliard dollarlik sarmoya kiritadi. Texasda sun’iy intellekt serverlari zavodini quradi, 20 ming ish o’rni yaratadi.

“Apple” rahbari Tim Kuk fevral oyida bergan bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so’ng e’lon qilingan. AQShga sarmoya kiritishga turtki bo’lgan omillar ham talaygina.

Tramp Xitoy mahsulotlariga belgilangan 10 foizlik tarif ikki baravar oshirilishi haqida bayonot bergan.

Tahlilchilar nazdida, “Apple”ning ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish istagi joriy qilingan boj to’lovlari bilan bog’liq emas.

“Apple” zotan tariflarga qadar ham sanoatini Xitoydan uzoqlashtirayotgan edi. Garchi ishlab chiqarishning katta qismi hanuz Xitoyda. Nazarimda, uyerdan ko’chish tendensiyasi davom etadi”, - deydi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi eksperti Bil Raynsh.

Zotan, “Apple”ning aksariyat rejalari ayon edi. Investitsiya va ish o’rinlariga doir rejalar Tramp ma’muriyati siyosatiga uyg’un kelayotgani aytilmoqda.

“Avvaldan pul tikilgan va endi AQSh siyosatiga mos bu rejalar bilan fursatdan foydalanib qolayotgan kompaniya kengroq jamoatchilik e’tiborini tortmoqda”, - deydi Kreativ strategiyalar kompaniyasi vakili Ben Bajarin.

“Apple” silikon chiplarini Tayvanning Arizona shtatida joylashgan yarim o’tkazgichlar zavodida ishlab chiqarishini ma’lum qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG