Breaking News

Ramazon aytish - O'sh bolalarining ermagiga aylangan


Qosh qorayib, iftor boshlangach, O'sh shahridagi mahallalar, ko'p qavatli uylar yo'laklarida ramazon aytayotgan ko'plab bolakaylarni uchratish mumkin.

Bolakaylar har bir xonadon egasining biron bir shirinlik yoki 3-4 so'm pul berishiga umid qiladilar. Ramazon aytayotgan bolalar ichida o'zbeklar ham, qirg'izlar ham bor. Keyingi yillarda moddiy qiyinchiliklar sababmi yoki tengdoshlariga havas qilibmi, O'shda rus millatiga mansub bolakaylar ham ramazon ayta boshladilar.

9 yoshli Qursant ro'zaning birinchi kunlaridayoq ramazon aytishni boshlagan, lekin unga kattalar ro'zaning o'n beshidan keyin ramazon aytgin, deya uqdirganlar.

Bolakaylar ruslar ko'pincha ramazon aytib kelganlarga hech narsa bermasliklarini aytishadi.

"Ramazon aytishni qayoqdan o'rgandingiz" degan savolimga bolakaylar "maktab darsligidan" deya javob qaytarishdi.

Bolakaylar boylarning xasis, kambag'allarning saxiy bo'lishlarini aytishadi.

11 yoshli To'qtosun o'zbekcha ramazon aytishni ham biladi, shuning uchun, uni o'z davrasidagilar juda hurmat qiladilar.

Bugun ramazon aytish shahardagi jamiki bolakaylarning ermagiga aylangan. Xalq qadriyatlaridan biri bo'lgan bu qo'shiq turmush qiyinchiliklari, iqtisodiy muammolar, siyosiy taloto'plardan asablari charchagan kattalarda biroz bo'lsa-da mehr uyg'otayotgan bo'lsa ne ajab?

(Lavhaning to'liq ko'rinishi audio ko'rinishda yuqorida berilgan)

XS
SM
MD
LG