Breaking News

Xorazmdagi qadim obidalar xalqaro hamjamiyat diqqatida


Jahon Obidalari Jamg’armasi (World Monument Fund), Nyu-Yorkda asoslangan xususiy tashkilot nazarida Xorazm dashtliklaridagi qadim qal’alar ta’mir va e’tiborga muhtoj.

Aks holda, deydi mutaxassislar, ular loqaydlik, buzg’unchilik va tabiiy sabablar bilan yaqin kelajakda yemirilib ketishi mumkin.

Jahon Obidalari Jamg’armasi nafaqat O’zbekiston balki dunyoning 47 davlatidagi 93 maskan taqdiri yuzasidan xavotir bildirmoqda.

Xususan Perudagi afsonaviy Machu Pechu shahri qoldiqlari, Butandagi Pajoding ibodatxonasi, Yaponiyaning Kyoto shahridagi an’anaviy imoratlar, Gaiti orollaridagi ajib uylar va AQShning Konnektikut shtatidagi xushmanzara yo’llar.

"Masala bu inshootlarning naqadar qadim ekanida emas, gap ularning tarixiy va madaniy ahamiyati, xalqlar hayotida o’ynab kelgan rolida",- deydi Jahon Obidalari Jamg’armasi raisi Bonni Burnxem.

Har bir jamiyat, deydi u, o’z boyligini qadriga yetishi, uning kim ekanidan darak beruvchi obidalarni asrab avaylashi lozim.

Xorazm cho'llariga husn qo'shib turgan obidalar asosan Tuproq Qal'a, Ayoz Qal'a, Qo'y Qirilgan Qal'a, Guldursun Qal'asi, Pil Qal'a, Anqa Qal'a, Qo'rg'oshin Qal'a, Janbas Qal'adan iborat.

Ularning barchasi UNESCO, Birlashgan Millatlar Ta'lim, Fan va Madaniyat Tashkilotining Jahon Yodgorliklari ro'yxatiga olingan.

XS
SM
MD
LG