Breaking News

Telejurnalistlar uchun AQShda tajriba almashish imkoniyati


Shavkat ismli tinglovchimiz bizga shunday savol yo’llaydi:

“Toshkentdagi institutda 1-kusrda o'qiyman, lekin o'qishimni AQShda davom ettirmoqchiman. Bu borada menga yordam berishingizni hohlardim. Ingliz tilini mukammal bilaman, moliyaviy ahvolim yomon emas. Saytingizda AQShda o'qiyotgan bolalarni ko’rib, to’g’risi, havasim keldi”.

Siyovush ismli tinglovchimiz ham Amerikada o’qish istagini bildiradi:

“Yaqinda TOEFL imtihonini topshirdim va yaxshi ball oldim. Arkanzasdagi universitetlardan biriga bu ball yetarli ekanini bildim. Shu universitetga topshirmoqchiman. Lekin moliyaviy tomondan ozgina yordam kerak. Talabani moliya bilan ta’minlaydigan tashkilot bormi”?

AQSh elchixonasining veb sayti siz uchun kerakli axborot manbai.

Elchixona muntazam ravishda u yoki bu dastur boshlangani haqida e’lon qilib boradi. Fulbrayt (J. William Fulbright Foreign Language Teaching Assistant (FLTA) Program), Maski (Edmund S. Muskie / Freedom Support Act (FSA) Graduate Fellowship Program) kabi dasturlar, bakavrlar va maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan boshqa loyihalar (Global Undergraduate Exchange Program (Global UGRAD), Youth Exchange Opportunity Program) shular jumlasidan.

Yozgi ta’til yaqinlashgach esa yana bir dastur ishga tushadi. AQShning Toshkentdagi kosuli Rafael Perezning aytishicha, o’tgan yili bu loyiha orqali 150 ka yaqin talaba AQShda bo’lib qaytgan.

Elchixona dastur shartlari va hujjatlarni topshirish sanasini yaqin orada e’lon qiladi.

Qo’shma Shtatlarda ko’plab dam olish maskanlari, mehmonxonalar va istirohat parklari mavjud. Talabalar asosan ana shu yerlarda ishlaydi. Loyiha shartlari AQSh elchixonasi veb-saytida e’lon qilinadi. www.usembassy.uz.

Maktublar bilan tanishishda davom etamiz. Navbatdagi xat muallifi shunday deb yozgan:

“Men AQShda ta'lim olish uchun hujjat topishrib, kollejdan I-20 shaklini ham oldim. Keyin F-1 vizasi uchun AQSh elchixonasida konsul bilan suhbatlashdim. U viza bermadi. Konsulning fikricha, men AQShda qolib ketishim mumkin ekan. Kollejga hujjat topshirish va javobni olish uchun ancha xarajat qildim.

Biz ushbu savol bilan Toshkentdagi elchixonaga murojaat qildik.

“Talaba AQSh unversitetiga o’qishga kirgan tadqdirda ham viza berilmagan holatlarni inkor eta olmayman. Lekin bu faqat ayrim holatlarda ro’y beradi. Har bir ishga alohida yondashiladi, alohida javob beriladi. Umuman olganda talabalar uchun muntazam ravishda viza berib kelinadi”, - deydi AQSh konsullik xizmati vakili janob O’Xara.

Navbatdagi maktub egasi Muqaddas jurnalistika sohasida ishlar ekan.

“Ingliz va ispan tillarini bilaman. Amerikada ta'lim va tajriba almashish niyatim bor edi. Ammo, to'g'ri keladigan o'quv programmasini topa olganim yo’q. Topgan bo'lsam ham pulga borib taqaladi. Qanday o'quv dasturlariga topshirishimni maslahat berasiz?”.

Muqaddas jurnalistikaning aynan qaysi yo’nalishida ishlashini yozmagan. Masalan, televideniye sohasida ishlaydigan mutaxassislarga quyidagi ma’lumot qo’l kelishi mumkin. Yaqinda Amerika elchixonasi “Hamkorlikdagi Televizion Loyiha” dasturini e’lon qildi (Cooperative Television Project).

Loyiha doirasida o’zbekistonlik telejurnalistlar 2 hafta davomida AQShda tajriba almashadi. Dasturda qatnashishni istaganlar hujjatlarni 17 martgacha topshirishi lozim. Talab va shartlar bilan elchixona veb-saytida tanishish mumkin. www.usembassy.uz.

XS
SM
MD
LG