Breaking News

Afg'on-o'zbek yoshlari Karzay g'alabasini bashorat qilmoqda


Afg’onistonda turkiy xalqlar, jumladan, shimolda yashovchi o’zbeklar prezident va viloyat kengash azolarini saylash uchun ovoz berdi. Mamlakatning bu qismida vaziyat nisbatan tinch.

Saylov arafasida Afg’onistonga qaytgan o’zbeklar sardori general Abdul Rashid Do’stum tarafdorlari, pushtu prezident Hamid Karzayni quvvatlamoqda.

Karzay hukumatidan shikoyat qilayotgan xalqning bir qismi tojik nomzod Abdulla Abdullaga ovoz berishini aytgan.

Lekin mintaqadagi yirik siyosiy kuch - "Junbushi Milliy Islomiy Afg’oniston" partiyasining yoshlar qanoti vakili Masud Ahmad Ma'sud fikricha prezident Karzay g’alaba qozonishi kutilmoqda.

Ma'sudning takidlashicha, Afg'onistonda milliy birlik eng nozik masala. O'zbeklardan tashkil topgan bu partiya va uning yetakchisi Abdul Rashid Do'stum Karzayning birdamlik haqidagi fikrlarini quvvatlagani uchun ham uning uchun ovoz bergan.

XS
SM
MD
LG