Breaking News

Obama Oq uyda iftor o'tkazib, islom va Amerika haqida so'zladi


AQSh prezidenti Barak Obama kecha Oy uyda iftor o'tkazib, ko'zga ko'ringan amerikalik musulmonlarni taklif qildi. Tadbirda shuningdek elchilar, ma'muriyat vakillari va Kongress a'zolari ham ishtirok etdi.

Prezident Obama Amerika musulmonlarining jamiyatdagi roli haqida so'zladi.

"Islom dini Amerikaning bir qismidir. Ancha oldin va yaqinda kelgan musulmonlar mamlakat taraqqiyoti va xilma-xilligiga o'z hissasini qo'shib keladi. Bular turli mamlakatlardan chiqqan va turli irqqa mansub musulmondlardir," deydi Obama.

Uning aytishicha, amerikalik musulmonlar biznes, san'at, ilm-fan, sportda mamlakat ravnaqi uchun ko'p ter to'kkan.

Iftorda, shuningdek, AQSh Kongressidagi ikki musulmon qonunchi - Kit Ellison va Andre Karson hamda Iroqda halok bo'lgan Karim Xon ismli zobitning onasi ham ishtirok etdi.

Taniqli bokschi Muhammad Ali iftorga kela olmadi, ammo prezident Obama uning nomini alohida tilga oldi.

"Muhammad Ali tengi yo'q bokschi bo'lish bilan birga kamtar, g'ururi baland, izzat-obro'li, tenglik uchun hamon kurashayotgan insondir," deydi Obama.

Iftorda boshqa din vakillari ham hozir bo'ldi.

"O'zaro hurmat va manfaatlarga asoslangan muloqotni kuchaytirish hammamizning zimmamizda. Men ham prezident sifatida shunga o'z hissamni qo'shaman. Xoh Amerikada bo'lsin, xoh xorijda. AQSh jahon musulmonlari bilan yangi aloqalar tarafdori," deydi prezident.

XS
SM
MD
LG