Breaking News

Prezident Ashraf G’ani saylov ishlariga aralashmoqda


Afg’onistonda Prezident Muhammad Ashraf G’ani mustaqil saylov komissiyasi ishlariga aralashayotgani fosh qilindi. Komissiya raisi o’rinbosari Maozulla Davlatiy mahalliy televideniyeda (Ariana News) uyushtirilgan bahsda bu borada nolidi.

Afg'onistonda saylov jarayoniga aralashuv
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00

Parlament saylovida ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tish ishlari bir oydan beri davom etmoqda, lekin aholining bu jarayonda keng ko’lamda ishtirok etmayotgani ma’lum. Mustaqil saylov komissiyasi ovoz berish hujjatini odamlarning guvohnomalariga yopishtirishni rejalagan. Ko’plar xavfsizlik sabab ushbu hujjatning guvohnomaga yopishtirilishini xohlamaydi.

Aholi ishtiroki ko’lamini oshirish uchun hujjatni guvohnomaning ikkinchi nusxasiga yopishtirish taklifiga komissiya a’zolarining ko’pchiligi qarshi. Prezident G’ani esa guvohnomalarning ikkinchi nusxasiga hujjatlarni yopishtirish kerak, deb saylov komissiyasi a’zolariga bosimni oshirgan, aks holda komissiya a’zolari ishdan olinadi, deya ogohlantirgan.

Bir haftadan beri ommaga aytilmagan bu mavzuni saylov komissiyasi o’rinbosari Maozulla Davlatiy ayon qildi.

“Bugun bu gapni aytishdan boshqa ilojim yo’q. Prezident ushbu taklifga qarshi men va komissiyaning boshqa a’zolarini iste’fo bilan ogohlantirdi. Iste’fo bilan tahdid qilinganidan so’ng mustaqil ishlash uchun o’rin va imkon qolmaydi”, - deydi Davlatiy.

Lekin prezident so’zlovchisi Shoh Husayn Murtazaviy bahsda bu iddaolarni inkor etdi. Taklif Bosh vazir Abdulla Abdulladan chiqqan, deydi u.
Bosh vazir o’rinbosari Mujib Rahimiy quyidagicha javob qaytardi:

“Prezident mustaqil saylov komissiyasiga bosim o’tkazib, komissiya a’zolarining aksar qismi qarshi bo’lgan bayonotni nashr qildirgan. Saylov komissiyasi a’zolari qarshilik bildirganidan so’ng Bosh vazir Abdulla Abdulla qarorni hukumat emas, komissiya chiqarishi zarurligini ta’kidlagan”.

Prezidentning saylov ishlariga aralashayotgani siyosiy guruhlar va saylov tiniqligini kuzatish bilan mashg’ul tashkilotlarning keskin noroziligiga uchramoqda.

“Prezident kelasi saylovda nomzod ekan va hozir ham komissiya a’zolarini iste’fo bilan tahdid qilar ekan, buni milliy xiyonat deb hisoblasa bo’ladi. Prezident adliya organlariga bu ishi bo’yicha javob berishi kerak”, - deydi mustaqil saylov komissiyasi sobiq raisi Fazil Ahmad Ma’naviy.

Kuzatuvchilar nazarida, hukumatning saylov ishlariga aralashuvi aholining saylovda ishtirok etishiga salbiy ta’sir qiladi. Ularga ko’ra, Prezident G’ani kelasi saylovda soxtakorlik qilishga bel bog’lagan.

Saylov mustaqil komissiyasi bergan ma’lumotlarga ko’ra, 14-apreldan 22-maygacha ikki yarim milliondan oshiq odam ovoz berish hujjatini olgan. Ayollar ishtiroki esa 30 foizni tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG