Breaking News

AQSh hisobotiga ko'ra, Afg'onistonni tiklash ishlari sust


Kobul, Afg'oniston
AQShning Afg’onistonda tiklanish ishlari uchun sarflangan pulini taftish qilgan maxsus inspektor xulosasiga ko’ra, dasturlar o’z vaqtida bajarilmayapti.

"Ulardan kutilgan natijani Amerika qo’shinlari mamlakatni tark etganidan so’nggina ko’rish mumkin", - deyiladi hisobotda.

Yetti loyihadan beshtasi hali boshlanmagan. Shulardan to’rttasi mamlakat janubida elektr ta’minotini oshirishga, beshinchisi esa viloyatlarda adolat markazini yaratishga qaratilgan.

Hujjatda aytilishicha, loyihalar ishga tushganidan so’ng ham Afg’oniston hukumatida ularni yuritishga mablag’ va yetarli malaka bo’lmaydi.

AQSh Afg’onistonni tiklash ishlari uchun 2 milliard dollarga yaqin pul ajratgan.

Afg'oniston kelajagi, Afghanistan beyond 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:47 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG