Afg‘oniston ahli Markaziy Osiyo bilan yaqin hamkorlik istaydi


Kobul ko'chalarida

Afg‘oniston ayniqsa O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan aloqalarni kuchaytirish kerak, deydi afg‘onlar. Chunki, qo‘shnilar bilan hamkorlik birinchi o‘rinda turishi zarur.

2001-yilning kuzida Tolibon hokimyatdan ag‘darilishi bilan demokratik hukumatga asos solingan Afg‘onistonda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarga uncha e’tibor berilmadi. Pokiston va Eronning roli oshdi.

Lekin Prezident Ashraf G‘ani so‘nggi ikki yarim yilda Turkmaniston va O‘zbekistonga nisbatan yangi strategiyani ko‘rib chiqdi. Bir necha bitimlar imzolandi. Tijoriy-iqtisodiy hamkorlik ancha kengaydi.

Afg‘oniston Turkmaniston orqali Yevropa temir yo‘llariga ulandi. Turkmaniston gazini Hindiston va Pokistonga yetkazib beruvchi yirik iqtisodiy loyiha bo‘yicha kelishildi. TAPI (Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston) quvuri 8 milliard dollarlik loyihadir.

Tojikiston va Qirg‘iziston elektr quvvati Afg‘oniston orqali Pokistonda yetib borishi rejalangan.

“O‘rta Osiyo aholisi afg‘onlar bilan tildosh, masalan O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan. Shu uchun ham iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish kerak deb o‘ylayman”,- deydi Shibirg’ondan Shamsulhaq ismli suhbatdosh.

Juzjon universitetdan Najibullo Ismatiy:

“Qo‘shni davlatlar bir-biri bilan qancha yaqin va do‘stona aloqada bo‘lsak, undan shunchalik manfaatdor bo‘lamiz. Pokiston bilan aloqalar yaxshi emas, davlatlar ba’zida yarashadi, ba’zida to‘qnash keladi… Hozirgi hukumat Markaziy Osiyo davlatlari bila aloqani rivojlantirish qancha foydali ekanini biladi”.

XS
SM
MD
LG