Breaking News

Afg’on rasmiylariga ko’ra, mamlakatda koronavirus kamaymoqda


Afg’onistonning COVID laboratoriyalari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:28 0:00

Koronavirus tufayli millionlab dollar yordam berilganiga qaramasdan Afg’onistonda COVID-19 ni aniqlovchi tashxis markazlari ko’p emas.

Qish mavsumida virus avj olishi aytilgan edi, biroq rasmiylar koronavirusga chalinish holatlari kamayganini aytadi. Shibirg’on va Andhuydagi laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdik.

Juzjon viloyati bo’yicha COVID-19 ma’lumot markazi mas’uli Zaynulla Rasuliy virus yo’qolish arafasida ekanini aytadi.

“Koronavirus holatlari kamaygan. O’tgan oyda shubhali 10 ta holatning 4 tasida virus aniqlansa, hozirgi kunda 10 tadan bir kishiga bemorlik tashxisi qo’yilmoqda”, - deydi Rasuliy.

20 o’rinli kasalxonada faqat bir kishi qolgan.

Kobul shahridagi Afg'oniston-Yaponiya yuqumli kasalliklar shifoxonasi
Kobul shahridagi Afg'oniston-Yaponiya yuqumli kasalliklar shifoxonasi

Juzjon, Saripul va Faryob viloyatlarida olingan testlar Andhuy tumanidagi laboratoriyada tekshiriladi. Sog’liqni tashlash idorasi boshlig’i Sanjar Umar ushbu tumandagi koronavirus tashxis markazi har kuni 400 ta shubhali holatlarni tekshira olishini aytadi.

Laboratoriya uch oydan beri faoliyat yuritmoqda.

“Hozirga qadar Shibirg’on, Saripul va Maymana shaharlaridan 751 ta shubhali holatlar jo’natilgan. Ularning hammasi tekshirilib, natijalari e’lon qilingan”, - deydi Sanjar Umar.

Andhuy tumani sog’liqni saqlash idorasi boshlig’i odamlar virus tahdidiga e’tibor bermay qo’yganini aytadi.

Afg’onistonda shu kungacha 55 mingta koronavirus hollari qayd etilgan. Bemorlarning 2,5 ming nafari vafot etgan. 47 600 kishi sog’aygan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG