Afg’onlar: AQShning bizning davlatga nisbatan siyosati mavhum


Kobul ko'chalarida

AQSh Afg’oniston bo’yicha yangi strategiyasini e’lon qilar ekan, tafsilotlar hamon ommaga oshkor qilinmagan. Tanqid kuchli. Bosh vazir Abdulla Abdulla fikricha, masala obdon muhokama qilinishi kerak.

Ayrim qonunchilar nazarida, Oq uy strategiyasi Afg’oniston manfaatlarini ta’minlashga qaratilmagan. Vashington o’z maqsadlarini ko’zlamoqda, degan qarash keng tarqalgan.

E’tibor asosan terrorizmga qarshi kurashda bo’lsa, unda Afg’onistonda davlatchilikni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarni rivojlantirish masalasi qayda qoladi? Qonunchilar deydiki, Amerika afg’on hukumati va xalqini har tomonlama quvvatlashi zarur.

Ko’plab arboblar AQSh havo hujumlariga qarshi.

“Havo hujumlari natijasida beguhon oddiy insonlar hayotini yo’qotgan. AQSh oddiy odamlarni o’ldirish evaziga afg’on harbiylarini qo’llab-quvvatlasin. Afg’on harbiylari o’zlari havo hujumlarini olib borsin”,- deydi qonunchi Ubaydullh Borikzoy.

Bosh vazir Abdulla Abdulla qayd etishicha:

“AQSh e’lon qilgan strategiyani afg’on hukumati ma’qullaydi lekin bu qarorning ahamiyatli qirralari, xalq hayotiga ta’sir qiluvchi omillar siyosatchilar tomonidan muhokama qilinishi va xalqqa to’liq ma’lumot yetkazilishi kerak”.

Kobulda yana bir terror hujumi, 13-sentabr, 2017
Kobulda yana bir terror hujumi, 13-sentabr, 2017

Kobulda prezident saroyiga ko’ra, AQSh strategiyasi afg’on hukumat fikri o’rganilgan holda tayyorlangan.

“Strategiya AQSh va Afg’oniston mushtarak manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi”,- deydi prezident so’zlovchisi Husayn Murtazaviy.

Biroq afg’onlar orasida AQSh harbiylaridan norozlik oshib bormoqda.

Sobiq jihodchi qo’mondonlardan biri Amir Ismoilxon deydiki, Amerika kuchlari Afg’onistonni tark etishi zarur.

O’tgan hafta nashr qilingan NATO targ’ibot qog’ozlarida islom diniga hurmatsizlik qilingani aniqlandi. Afg’onlar NATO harbiylarining bu ishidan g’azabda. Kobulda o’tgan namoyishlarda Amerikaga qarshi gaplar yangradi.

“Biz islom dinini himoya qilamiz. Bu bizdan qanchalik qurbonlik olmasin, tayyormiz. Amerika surunkali ravishda islom diniga hurmatsizlik qilmoqda”,- deydi noroz namoyishchilardan biri.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG