Breaking News

Alabamada Senatga saylovlar - senatorlikka kim loyiq?


Demokrat nomzod Dag Jouns

12-dekabr kuni Alabama shtatida AQSh Senatiga saylov bo’lib o’tadi. Respublikachilardan nomzod Roy Murga Prezident Donald Tramp tashviqot orqali ko’maklashmoqda. Fevral oyida respublikachi senator Jeff Seshns adliya vaziri lavozimiga o’tgach, Senatda bu shtat uchun joy bo’sh qolgan edi.

Alabamada Senatga saylovlar - senatorlikka kim loyiq?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:58 0:00

Trampning aytishicha, Murning demokrat raqibi Dag Jouns g’alaba qozonsa, Senat va Vakillar palatasida demokrat yetakchilarning yugurdagi bo’ladi.

“Roy Mur Amerikani yana buyuk qilish maqsadimizga xizmat qiladi. U konservativ siyosatchi bo’lib, mamlakatni Obamaning sakkiz yillik ofatli siyosatidan tiklashda menga yordam beradi”, - deydi Tramp.

Jounsga tashviqot ishlarida Nyu-Jersidan senator Kori Buker, Alabamadan kongressmen ayol Terri Syuvel va hatto sobiq Prezident Barak Obama ham yordam bermoqda. Jounsning tarafdorlariga aytishicha, Mur Alabama shtati Oliy sudidan ishdan olingan, senatorlikka loyiq emas.

“Senatga saylovlar yangi ishga kirish bilan tengdir. Hammamiz ishga kirishga harakat qilyapmiz. Nomzodlar xalqqa rejalarini tushuntirib berishi, o’tgan xizmatlarini bayon qilishi kerak. O’tmishimga nazar solib, Mur kabi ikki ishdan haydalmaganimni ko’rsa bo’ladi”, - deydi demokrat-nomzod Jouns.

Ayni damda 100 o’rinlik Senatda respublikachilar demokratlardan bir necha o’rin ustun. Agar sobiq federal prokuror Jouns g’alaba qozonsa, oradagi farq qisqarib, 51 ta respublikachiga 49 ta demokrat to’g’ri keladi.

Alabamadan saylangan faxriy senator, respublikachi Richard Shelbining aytishicha, balog’at yoshiga yetmagan qizlarga nisbatan 40 yil oldingi jinsiy tegajog’ligi uchun ayblanayotgan Mur senatorlikka munosib emas. Mur o’shanda 30 yoshlarda bo’lgan. Nomzod ayblovlarni inkor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG