Breaking News

Osiyolik muhojirlar nima uchun saylovda sust?


Ovoz berishga shay muhojir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:56 0:00

Ovoz berishga shay muhojir

Qo’shma Shtatlarda osiyoliklar kop’ lekin bu - ular siyosiy jihatdan faol degani emas. Ovoz berish huquqiga ega muhojirlar ko’p hollarda bu haqdan foydanmaydi.

Myanmalik Ma Zin vatanida yillar davomida harbiylar zulmidan azob chekkan. Bu xo’rlikdan qochib, 2004-yilda Indiana shtatiga kelgan.

Oradan 12 yil o’tdi. Bugun u Amerika fuqarosi. Ma Zin to’laqonli fuqaro ekani bilan faxrlanadi.

“Amerika fuqarolarimiz endi. Shu yurtning prezidentini saylashimiz muhim. Bu mamlakat rahbari biz uchun ishlaydi, bizning xizmatimizni qiladi”, - deydi u.

Ma Zin joriy yilda prezident saylovlarida, haqiqiy demokratik jarayonda ilk bor qatnashadi. Ayni damda, vatani Myanmada ham demokratik islohotlar boshlangan. Har ikki davlatda o’xshashlik bor, deydi Ma Zin.

“Hillari Klinton va Au San Suu Chiy Myanmada demokratiya g’alaba qozonishini istaydi. Shu sababli ham Amerikadagi saylovda Xillarining qo’lida baland kelishini xohlayman”, - deydi u.

Ma Zin ovoz berish kunini intiqlik bilan kutayapti. Lekin u bundan oldingi saylovda ham qatnashishi mumkin edi, buni qilmadi. Oxirgi ikki prezident poygalarida ovoz bermadi, chunki tilni yaxshi bilmas edi, saylov jarayoni unga juda murakkab ko’rindi.

“Ma’lumot yetarli emas, ravon qilib tushuntirilmaydi. Odamlar chalkashib ketadi”, - deydi Kristina Tendilla.

U Amerikada yashayotgan osiyoliklarni rag’batlantiruvchi nodavlat tashkilotida ishlaydi. Uning aytishicha, ovoz berishga layoqatli odamlarni saylovga chiqishga undash yo’llari bor. Masalan, saylovchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki haydovchilik guvohnomasi olayotganidayoq avtomat ravishda ro’yxatga olinishi kerak.

Osiyoliklar Amerikada jadal o’sib borayotgan muhojir jamoalardan.

“O’tgan 10 yilda jamoamiz 40 foizga kattalashdi”, - deydi Kristina.

Ular ham shtat, ham mamlakat miqyosidagi saylovlar natijasiga sezilarli ta’sir qilishi mumkin, deydi u.

“Kelayotgan saylovlarda hatto 100, 200 kishi tarozi qaysi tomonga og’ishini hal qilishi hech gapmas. Bu biz uchun noyob imkoniyat”, - deydi Kristina.

Ma Zin noyabrda prezident saylovlarida ovoz beradi. Ro’yxatdan o’tib qo’ydi.

Amerikada ayol kishi prezident bo’ladi degan umidda u.

Hillari Klinton demokratik partiyadan nomzodlikni qo’lga kiritish uchun kurashmoqda. Ma Zin kabi saylovchilar sharofati bilan Hillari Klinton Amerikaning ilk ayol prezidenti sifatida tarixga kirsa, ajabmas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG