Breaking News

Baydenning bir yirik tashabbusi qonunga aylandi, ikkinchisi bo'yicha ovoz berish kutilmoqda


AQShda ayrim iste’mol mollariga narx ko’tarilgan. Oziq-ovqat, benzin, avtomobillar va hatto uylarga. AQSh iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasidan to’liq o’ziga kelgani yo’q hali.

Xalqaro hayot - 16-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:50 0:00

“Inflyatsiya darajasi yuqori va bu amerkaliklar hamyoniga urmoqda”, - deydi Oq uyda milliy iqtisodiy kengash rahbari Brayan Diz.

Bayden ma’muriyatiga ko’ra, yuqori xarajatlar pandemiya davrida odamlarni ishga qaytarish harakatlari bilan bog'liq. Bu esa Oq uy nazarida demokratlar tashabbusi bilan olg’a surilayotgan salkam 2 trillion dollarlik ijtimoiy xarajatlar paketini qabul qilishni taqozo etadi. Ushbu qonun loyihasi Kongress Vakillar palatasida shu hafta ovozga qo’yilishi mumkin.

“Iqtisodiyotimizning ishlab chiqarish quvvatini oshirishni istaymiz. Bu o’z navbatida narxlarning tushishiga olib keladi. Imkon qadar ko’p odam ishga qaytishi bilan vaziyat osonlashadi”, - dedi Baydenning iqtisodiy maslahatchisi.

Kongressdagi yetakchi respublikachi qonunchilar demokratlar taklif etayotgan paketning qimmat ekanini, inflyatsiya yanada kuchaytirishini aytadi.

“Qonun loyihasiga elektr quvvati va iqlimga doir ayrim xarajatlarning kiritilishi keyingi yili yoqilg’i qiymatini sezilarli darajada oshiradi. Hozir amerikaliklar usiz ham uyini isitishga, mashinasini haydashga, oziq-ovqat sotib olishga ko’p pul sarflayapti”, - deydi respublikachi senator Jon Barasso.

Xalqning iqtisodiy ahvoldan noroziligi Prezident Baydenga ishonchsizlikni kuchaytirmoqda. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, davlat rahbarining iqtisodiy siyosatini amerikaliklarning atigi 39 foizi qo’llab-quvvatlamoqda.

Baydenning yirik qonunchilik tashabbuslaridan birining taqdiri noma’lum ekan, mamlakatdagi yo’llar, ko’priklar, temir yo’llarini yaxshilash va ta’mirlash, jamoat transportini kengaytirish, internet tezligini oshirishga qaratilgan bir necha trillion dollarlik yana bir tashabbusi qonunga aylandi.

Kongressdagi yetakchi qonunchilar, shtat gubernatorlari va shahar merlari Oq uyda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan hujjatni imzolash marosimida qatnashdi.

Bayden tashabbusi bilan hozirlangan va har ikki partiya qonunchilari ma’qullagan ushbu qonun loyihasining imzolangani siyosiy qarashlarga ko’ra bo’lingan Vashingtonda kamdan-kam uchraydigan holat.

“Mazkur qonun tufayli infratuzilmaga sarmoya miqdori bobida kelasi yili so’nggi 20 yilda ilk bor Xitoydan o’tib ketamiz. Kelasi 10 yilda eng yaxshi yo’llar, ko’priklar, portlar va aeroportlar yana bizda bo’ladi. Dunyoni zamonaviy avtomobillar, yuk mashinalari va tranzit tizimi bilan lol qoldiramiz. Mamlakatimizni rivojlantirishning birdan-bir yo’li murosa va konsensus orqali. Tizim shunday ishlashi kerak. Amerika demokratiyasi shundan iborat”, - dedi Bayden.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG