"Tadbirkor xotin-qizlarga foizsiz kredit berib, moliyaviy quvvatlash kerak"


Tojikistonda erkaklar ish izlab Rossiyaga ketgan. Dala, bozor, bola boqish va tirikchilik qilish - ayollar bo'ynida.

Bishkekdagi ayollar simpoziumida ishtirok etayotgan xotin-qizlar Markaziy Osiyo va Afg’onistonda hukumat va nohukumat tashkilotlarda xizmat qilayotgan faol fuqarolar desak xato bo’lmaydi.

Ular bugun hayot oson emasligini, xotin-qizlar oldida murakkab muammolar, siyosiy-iqtisodiy to’siqlar turganini tan oladi.

Bilim va tajribaning o’zi yetmaydi, deydi ular, davlat tizimidagi va jamiyatdagi azaliy illatlar ayollarni ko’plab imkoniyatlardan ayiradi.

Korrupsiya, yulg’ichlik, siyosiy-ijtimoiy bosim va qog’ozbozlik - tez-tez tilga olinadigan muammolar.

Davlatdan yordam so'rab turgan ayollar
Davlatdan yordam so'rab turgan ayollar

Lekin bu qiyinchiliklarga qaramasdan simpoziumga kelgan ayollar umid va g’oyaga to’la. Tashabbuskor, nimaiki imkoniyat bo’lsa, undan foydalanib, yurtim, kelajagimiz deb yashayotgan fuqarolar.

Ayol bola boqib uyda o’tiradi, er ishlab oilani boqadi degan zamonlar o’tib ketgan. Bugun xotin-qizlar erkaklar bilan tengma-teng mehnat qiladi, pul topadi, deydi ular.

Ma’rifat Shokirova - Tojikiston Xotin-qizlar qo’mitasi a’zosi, gender va taraqqiyot masalalari bo’yicha departament boshlig’i.

1990-yillardagi fuqarolik urushi butun mamlakatni tilka pora qilgan va bundan, ayniqsa, xotin-qizlar qattiq aziyat chekkan edi, deydi u.

Bugun, deydi Ma’rifat Shokirova, Tojikistonda tadbirkorlik qilib kun ko’rayotgan, o’z kichik bizneslarida ish o’rinlari yaratib, yoshlarni mehnat bilan ta’minlayotgan ayollar ko’p.

2007 yilda prezident Emomali Rahmon qarori bilan ishbilarmon ayollarni quvvatlash uchun ularning har biriga 1 million somoni ajratilgan edi.

"Mana hozirga kelib, buning samarasini ko’rayapmiz. Ayollarimiz bu sarmoyani jamiyatimiz taraqqiyoti uchun sarflamoqda”,- deydi Ma’rifat Shokirova.

Bu ayolning qayd etishicha, hukumat e’tiborni qishloq joylardagi ahvolga qaratishi kerak.

Qishloq ayoli uchun imkoniyatlar yaratish, uning vaqtida bilim olib, ishli bo’lishi, biznes yoki korxona ochib tirikchilik qilishi, atrofdagilarni ish bilan ta’minlay olishi uchun harakat qilmoq zarur, deydi Ma’rifat Shokirova.

Bugun Tojikistonda yuzlab ming erkaklar yo Rossiyaga ishlashga ketgan yoki ketish dardida. Dala, bozor, bolalar va ro'zg'or- ayollar bo'ynida.

Konkret qadamlarga kelsak, deydi u, ayollarga foizsiz kredit berishga o’tish kerak. Soliqni tushirish kerak. Mahalliy banklarni rivojlantirish zarur. Faqat kredit bilan cheklanmay grant, moliyaviy yordam berish lozim.

Qishloq hayotiga e'tibor berish kerak, deydi Ma'rifat Shokirova, qizlar va o'g'il bolalar birdek bilim olsin, kasbli bo'lsin.
Qishloq hayotiga e'tibor berish kerak, deydi Ma'rifat Shokirova, qizlar va o'g'il bolalar birdek bilim olsin, kasbli bo'lsin.

Rivojlangan davlatlar, xususan, Amerika qanday ko’mak ko’rsatishi mumkin?

“Ayollarimiz Amerikaga tez-tez borib, malaka oshirib, u yerda xotin-qizlar boshqaradigan bizneslar bilan tanishsa, vatanga yangicha fikr va g’oyalar bilan qaytadi, ruhan madad oladi, g’ayrati oshadi”.

Dunyo ko’rgan odam kengroq o’ylaydi, oldinga intilib yashaydi.

“Men o’zim o’tgan yili AQShga borib, ayollar asos solgan kompaniyalarni ko’rdim. Vinochilik qilib, million-million dollar daromad olayotgan xotin-qizlar bor ekan”,- deydi Ma’rifat Shokirova.

"Yana bir muhim masala bu ayollarning iqtisodiy-moliyaviy bilimini oshirish kerak. Usiz tadbirkorlik qilish deyarli mumkin emas”.

Simpoziumda afg’on ayollari bilan yonma-yon o’tirib, ularning dardini tinglar ekan, Ma’rifat Shokirova “turmush tarzimiz, madaniyatimiz deyarli bir” deydi.

“Qishloq xo’jaligi, to’qimachilik… Bu sohalarda birga ishlasak bo’ladi ular bilan. Kiyim-kechak ishlab chiqarish, qo’lda tikiladigan, to’qiladigan mollar, hunarmandchilik… Bu borada ham bir-birimizga juda yaqinmiz”,- deydi u.

Mintaqa qadim madaniyatiga xos mahsulotlarga jahon bozorida qiziqish katta. Ularni birga ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin.

“‘Fidokor’ degan korxona bor Tojikistonda. Eron va Afg’onistondagi tadbirkor ayollar bilan hamkorlik qiladi. Ayollarimiz bir-birimizdan ko’p narsa o’rganayapti”,- deydi Ma’rifat Shokirova.

U singari qatnashchilar fikricha, hukumat ham, chet davlatlar ham, xalqaro moliyaviy tashkilotlar ham mayda tadbirkorlarni, kichik bizneslarni rag’batlantirib, ular uchun sharoitni yaxshilash haqida o’ylashi kerak deydi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

XS
SM
MD
LG