Breaking News

Demokratlar ispanzabon saylovchilar ovozini olishdan umidvor


Ispanzabon saylovchilar kim tomonda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:48 0:00

Bugun olti shtat, jumladan, Kaliforniyada saylovchilar prezidentlikka nomzodlarni saralaydi. Kaliforniyada ispanzabon fuqarolar aholining uchdan birini tashkil etadi. Demokrat nomzodlar Hillari Klinton va Berni Sanders ularning ko’nglini ovlashga urinmoqda.

Demokratlar mahalla va ko’chalarda yurib, ko’proq tarafdor yig’ishga urinmoqda.

Respublikachilardan Donald Trampning maydonga chiqqani buning sabablaridan biri.

Tramp ispanzabonlarni ham o’ziga og’dirmoqchi.

“Bizga o’zgarish kerak. Bu safar haqiqiy o’zgarish”, - deydi Tramp tarafdorlaridan biri.

Demokratlar esa Trampdan g’azabda.

“Bu hayotimidagi eng muhim saylov bo’ladi”, - deydi Maria ismli fuqaro.

So’rovlarning ko’rsatishicha, ispanzabonlar Trampning chegarada devor qurish taklifidan xavotirda.

“Men mo’tadilman, ayrim masalalarda esa konservativ. Ammo ba’zi narsalar, masalan, Trampning devor qurish taklifi odamni ajablantiradi”, - deydi Sanders tarafdorlaridan biri.

Oddiy aholi orasida Sandersni qo’llayotganlar ko’p. Asosiy donorlar ham ular.

“Qachon imkoniyatim bo’lsa, 15 dollar ehson qilardim. Shu tariqa kampaniyaga qo’shilib qoldim. Men shu odamning tarafdoriman”, - deydi Iris.

Boshqalar Klintonni afzal ko’radi.

Tramp yuzasidan mavjud xavotirlar demokrat fuqarolarni faolroq bo’lishga undamoqda.

“Muhojirlar orasida tezroq fuqarolikni olib, saylovda qatnashishga urinayotganlar ham bor”, - deydi Rafael.

Ispanzabonlar AQSh aholisining 17 foizini tashkil etadi. So’nggi saylovda ular demokrat nomzodga ovoz bergan. Bu safar ham Demokratlar partiyasi ulardan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG