Afg’onistonning Markaziy Osiyodagi roli oshmoqda


Afg'oniston - O'zbekiston delegatsiyalari uchrashuvi, Toshkent, O'zbekiston

Prezident Muhammad Ashraf G’anining O’zbekistonga safari, ikki davlat o’rtasida imzolangan o’nlab bitimlar, Turkmanistonda Afg’oniston xususida o’tkazilgan uchrashuvlar Afg’onistonning mintaqadagi roli oshib borayotganidan, bu mamlakat muhim ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Kuzatuvchilar nazarida, hamkorlik qancha kuchaysa, bundan mintaqa davlatlari manfaatdor.


Afg’oniston beshta Markaziy Osiyo davlatlarining uchtasi bilan chegaradosh. Tolibon hokimiyatdan ag’darilganidan beri afg’on hukumatining Tojikiston, O’zbekiston va Turkmaniston bilan aloqalari juda sust bo’lgan. Lekin 2014-yilda hokimiyatga kelgan Muhammad Ashraf G’ani mazkur mamlakatlar bilan aloqalarni kengaytirishni boshladi. Muhammad Shokir Korgar manfaatdosh mamlakatlar bo’yicha Afg’oniston prezidentining favqulodda vakili etib tayinlandi. Janob Korgarning asosiy ishi Afg’oniston-Markaziy Osiyo davlarlari aloqalarini rivojlantirishdan iborat edi.

Hukumat tuzilganidan uch yil o’tib, eslab o’tilgan o’lkalar bilan aloqalar yangi bosqichga ko’tarildi. Afg’onlar bundan mamnun.
“Qo’shning tinch bo’lmasa sen ham tinch bo’lmaysan, hamsoya bilan yaxshi aloqada bo’lmaganlar yaxshilik ko’rmaydi degan so’zlar bor. Shu uchun biz qo’shni-chegaradosh davlatlar bilan samimiy aloqada bo’lishimiz kerak. Qo’shnilarmizning bizga ko’proq foydasi tegishi mumkin. Ham iqtisodiy, ham harbiy sohalarda bizga yordam berishlari mumkin”, - deydi Abdul G’ani ismli mahalliy o’zbek.


Tahlilchi Muhammad Kozim Aminiy Afg’oniston hukumatining olib borayotgan yangi siyosatini sharhlar ekan, bu harakatlar xavfsizlik va iqtisodiy ahvolni yaxshilash uchun xizmat qilishiga ishonadi.
“Millatlarni bir tomondan etnik bog’lab tursa, yana bir bir tomondan iqtisodiy tamoyillar va mushtarak iqtisodiy maqsadlar ham ulab turadi. Afg’on hukumatining Pokiston bilan aloqalari taranglashganidan beri mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy aloqlarni kuchaytirishga harakat qilgan. Bu ish esa Afg’on hukukati siyosatining asosiy bir qismiga aylangan”,- deydi Tahlilchi Kozim Aminiy.


Markaziy Osiyo davlatlari Afg’onistonda tinchlik ta’minlanishi uchun tashlanayotgan har bir qadamni qo’llab-quvvatlashlarini bildirgan. O’zbekiston va Turkmaniston hukumatlari afg’on hukumatiga yordam berishga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Aminiy nazarida chegara xavfsizligi ham bu hukumatlarni yaqinlashishga, o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga chorlaydi.
“Ular (Markaziy Osiyo davlatlari) chegaralari tinch bo’lishini xohlaydi. NATO Afg’onistonda tinchlikni ta’minlashi vazifasining uddasidan chiqa olmadi. Mamlakat fojiali urush o’rtasida qolgan. Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston chegaralari tinch emas. Chegaradosh viloyatlar beqaror, qo’shni davlatlar bundan tashvishda”,- deydi u.


Lekin Afg’oniston hukumati rahbarlari, ayni holda Tolibon harakati qo’shni davlatlarga hech qanday zarar yetkazmaslikka urg’u bergan. Biroq “Islomiy Davlat” to’dasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun hali ham eng katta tahdid deb ko’riladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG