Breaking News

Karimov va Nazarboyevdan keyin nima bo'ladi? Qozoq eksperti tahlili


Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov Chimbuloq dam olish zonasida... 6-yanvar, 2001
Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov Chimbuloq dam olish zonasida... 6-yanvar, 2001
O’zbekiston va Qozog’istonda rahbarlikka vorislik masalasi hal etilmagani kutilmaganda butun mintaqani beqarorlikka tashlovchi omil bo’lishi mumkin.

Qozog’istonlik ekspert Do’sum Satpayev nazarida keksa liderlar Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov bu borad sukut saqlab kelayotgani hokimyat uchun kurashni yanada keskinlashtiradi.

Markaziy Osiyoning keksa prezidentlari, Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:25 0:00
Yuklab oling

Markaziy Osiyoning ikki yetakchi davlatida hokimyat talashishning birin-ketin boshlanish ehtimoli yaqin, deydi Satpayev.

Uning fikricha bugun mintaqaning birlamchi muammosi Qozog’iston va O’zbekistonda hokimyat almashishi masalasining mavhum qolayotganidir. Vaqt boy berilmoqda, deydi u.

“Nazarboyev haqida ham, Karimov haqida ham turli xabarlar tarqalmoqda. Karimov 75 yoshda, Nazarboev 73ga kirdi, bu esa salomatlik asosiy o’ringa chiqadigan yosh. Bundan tashqari favqulodda holatlardan hech kim kafolatlanmagan. Biz buni Turkmaniston misolida, Saparmurod Niyozov o’lganida ko’rdik”, - deydi Satpayev.

Mavhumlik, deydi u, nafaqat siyosiy elitalarni, balki mintaqa va xorijdagi kuchlarning ham asablarini taranglashtirgan.

“Bilasizmi, xavf shundaki, agar favqulodda hokimyat almashishi O’zbekistonda ham, Qozog’istonda ham birin ketin amalga oshadiga bo’lsa, bu Markaziy Osiyodagi vaziyatni mutlaqo izdan chiqarsihi mumkin, chunki mintaqaning boshqa davlatlari rivojlanishi bevosita shu ikki yirik respublikadagi o’zgarishlarga bog’liq”m - deydi Satpayev.

Nazarboyev va Karimovning sal kam chorak asrlik avtoritar boshqaruvi siyosiy sahnadan kuchli raqiblarni yo’qotish, muxolifatni quvg’in qilish, jamoatchilikni keskin nazorat qilishga asoslandi. Bu siyosiy kurashning qonuniy usuli bo’lgan saylov tizimini yo’qqa chiqargan. Karimov va Nazarboeyv hokimyatda ekan, mamlakat siyosiy elitasidan hech kim hokimyatga da’vogarligini ochiq ayta olmaydi.

Satpayev deydiki, Qozog’iston nisbatan ochiqroq, ammo bu jamiyatda ham kurash ayovsiz kechsa ajabmas.

“Qozog’istonda Nazarboyev hokimyat uchun da’vogar hisoblanayotgan siyosiy guruhlar imkoniyatini tenglashtirdi, bu uning oilasi a’zolariga ham tegishli. Biroq xatar ham shunda. Nazarboyev ketishi bilanoq bu guruhlar hokimyat talashishda turli vositlarni ishga solishga tayyor turishibdi. Nazarimda, ular uchun jiddiy to’qnashuvlarning oldini olishdagi eng ma’qul yo’l demokratik saylov emas, o’tish davriga mo’ljallangan o’zaro sulh tuzish bo’ladi”, - deydi Satpayev.

Siyosatshunos tahlilicha, O’zbekistonda vorislik masalasi haqida aniq bir narsa aytish juda qiyin, hokimyat uchun da’vogar siyosiy guruhlar hududiy kuchlarga asoslangan.

“Bundat tashqari mamlakatda muammolar ham yetarli… Qashshoqlik bor, diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyati jonlangan, aholi orasida norozilik kayfiyati ham kuchli, birgina Farg’ona vodiysidagi vaziyatni o’zi yetarli. Islom Karimov mamlakatni qanchalik qattiqqo’llik bilan boshqarmasin, baribir aholidagi norozilik potensiali tashqariga sizib chiqayotgan edi, Andijon bejizga yuz bermad-ku. U ketishi bilan esa bu noroziliklar otilib chiqishi mumkin”, - deydi Satpayev.

Har ikki mamlakatda ham hozirdanoq hokimyat uchun sahna ortidagi kurashlar avj olgan, biroq Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev hamon rahbar ekan, bu bu kurash faqat sahna ortida qolaveradi.

“Bizning mamlakatlarda siyosiy kurashning to’ntarish darajasiga chiqishini kutmasa ham bo’ladi. Karimov va Nazarboyev hokimyatda ekan, ularni chetlashtirishga bo’lgan urunish keskin yo’qotiladi”, - deydi ekspert.

So’nggi oylarda Islom Karimov yurak xurujini boshdan kechirgani, salomatligi yomonlashgani, Nursulton Nazarboyev esa Germaniyada operatsiya qilingani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Toshkent va Ostona rahbarlar sihati haqida lom-mim demaydi.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG