Breaking News

Markaziy Osiyoda energetika sohasida hamkorlik zarur


Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev, Almati, 2009

Sovet Ittifoqi qulaganidan beri Markaziy Osiyo respublikalari turli sohalarda hamkorlikka intilib keladi. Ammo so’nggi paytlarda, xususan energetika bobida raqobat kuchaygan. Ayrim mutaxassislar nazarida mintaqa davlatlari raqobatni hamkorlikka aylantirmasa, kelajakda og’ir ahvolga tushishi muqarrar.

1990-yillarda mamlakatlar nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy mustaqilligini ham kuchaytirishga zo’r berdi. Sovet paytidan qolgan iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirib, ulardan mintaqa manfaatlari yo’lida unumli foydalanish o’rniga, yangi mustaqil davlatlar an’anaviy iqtisodiy aloqa vositalarini takomillashtira olmadi. Yangi tizimni barpo etishga esa barchasida ham yetarlicha salohiyat va mablag’ bo’lmadi.

Hamkorlik yoki raqobat?
Hamkorlik yoki raqobat?
Yevropa birlashayotgan bir paytda Markaziy Osiyo davlatlarida chegaralarga qulf solinib, viza tartibi kuchaytirildi, savdo qisqara boshladi. Qo’shni davlatlar mintaqada emas, chetda bozor qidira boshladi. Bir-birini hamkor emas, raqib sifatida ko’ra boshladi. Muammo energetika sohasini ham chetlab o’tmadi. Energetik siyosat va munosabatlar iqtisodiy emas, siyosiy qonunlarga qarab belgilana boshladi.

Natijada Qirg’iziston va Tojikiston o’zbek gazi ta’minotida doimiy uzilishlardan charchab, o’z gidroelektrstansiyalarini qurishga kirishdi. Daryoning yuqori qismida joylashgan bu ikki davlatning suvni nazorat etish ilinji O’zbekiston qishloq xo’jaligini ularning marhamatiga qaram bo’lish ehtimolini tug’dirdi.

Bunday vaziyat aloqalarda ziddiyat va keskinlikka sabab bo’lmoqda. Kuzatuvchilar nazarida bu hol hech bir tomon manfaatiga to’g’ri kelmaydi.

Kentuki universiteti (University of Kentucky) professori Steysi Klosson (Stacy Closson) deydiki, mintaqadagi har bir davlat energetik va iqtisodiy salohiyati va eksport potensialini oshirmoqchi bo’lsa, o’zaro hamkorlikdan boshqa yo’l yo’q. Ta’minot va tranzit tarmoqlari bilan bir-biriga haligacha bog’langan, deydi olima.

Uning nazarida siyosat kelishib yuritilsa, ko’p muammolarni bartaraf etsa bo’ladi, masalan, qish faslida energiya tanqisligi, xorijiy sarmoya jalb qilish, o’zaro munosabatlar, qashshoqlik.

Steysi Klosson, Kentukki universiteri professori
Steysi Klosson, Kentukki universiteri professori
Hamkorlik yonilg’i narxlarini tushirishga, atrof-muhitni muhofaza etishga, iqtisodiy va energetik xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.

Davlatlar umumiy muammolarni yechish harakatida qator mintaqaviy tashkilotlar tuzildi, ammo tashkilotlar va a’zo davlatlar manfaatlari uyg’un bo’lmagani bois ulardan naf yo’q, deydi Steysi Klosson.

Ayrim tahlilchilar fikricha, bunday tashkilotlar nomiga tuzilgan bo’lib, davlat rahbarlari o’tkir muammolarni ko’tarishdan qochadi, konkret rejalar berilmaydi.

Bunga sabab, deydi tadqiqotchi Steysi Klosson, Markaziy Osiyoda norasmiy tarmoqlarning mavqei va ta’siri. Norasmiy tarmoqlar bu tor manfaatli guruhlar qo’lidagi kompaniyalar. Hozirgi vaziyat asosan ana shu guruhlarga qo’l keladi. Davlatlar rivojlanib, mintaqaning iqtisodiy va energetik xavfsizligini ta’minlash o’rniga norasmiy tarmoqlar boyib, maslahatsiz siyosat mintaqa resurslari, xususan suvning isrof bo’lishiga olib kelmoqda, deydi olima.

Jahon banki hisobiga ko’ra, O’zbekiston va Turkmaniston yiliga sakkiz milliard kubometr suv yo’qotadi. Uzoq muddatda suv va elektr ta’minoti qanday bo’lishining mavhumligi sabab mintaqa kelajagi so’roq ostida.

Jahon banki Markaziy Osiyoning energiyaga talabini qondirish uchun 2030-yilga borib, 90 milliard dollar kerak, deydi.

Steysi Klossonning aytishicha, Markaziy Osiyoda yonilg’i resurslari kamayib, talab oshib borar, elektr quvvati va yonilg’i manbalarini ishlab chiqarish va infratuzilma uchun yetarlicha sarmoya kiritilmas, ishlab chiqarish va xizmatlar bozori kabi iqtisodiyotning boshqa sohalari investitsiyalardan mahrum va bu muammolarni hal qilish uchun haqiqiy mintaqaviy hamkorlik yo’lga qo’yilmas ekan, Markaziy Osiyo ziddiyatli nuqtaga aylanib boraveradi.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG