Breaking News

Mintaqaviy tarqoqlik kimning aybi? Elchilar bilan muloqot


Mintaqaviy tarqoqlik kimning aybi? Elchilar bilan muloqot

Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida o’tgan davra suhbatida O’zbekiston va Turkmaniston elchilari qatnashmadi. Vaholanki, ular ham taklif qilingan edi.

Markaziy Osiyoda suv taqsimoti bugun xalqaro maydonda keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri. Tojikistonning Rog’un GESi loyihasiga O’zbekiston keskin qarshi. Loyiha yuzasidan Jahon Banki olib borayotgan tekshiruv hali tugamagan. Tomonlarni murosaga undab kelayotgan Amerika ta’biricha Jahon Banki xolis hisobot beradi.

Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida o’tgan davra suhbatida O’zbekiston va Turkmaniston elchilari qatnashmadi. Vaholanki, ular ham taklif qilingan edi. Chapdan, Alessandro Pio, Osiyo Taraqqiyot Banki vakili, Tojikistonning AQShdagi elchisi Abdujabbor Sh
Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida o’tgan davra suhbatida O’zbekiston va Turkmaniston elchilari qatnashmadi. Vaholanki, ular ham taklif qilingan edi. Chapdan, Alessandro Pio, Osiyo Taraqqiyot Banki vakili, Tojikistonning AQShdagi elchisi Abdujabbor Sh

Tojikistonning AQShdagi elchisi Abdujabbor Shirinov deydiki, uning davlati uchun energetik mustaqillik eng ustuvor masalalardan.

Mamlakat yozda haddan tashqari ko’p, qishda esa haddan tashqari kam energiya ishlab chiqaradi. Ta’minotdagi bu nomutanosiblikni hal etish uchun tashqi dunyo yordami muhim, deydi u. Tojikiston jahon bozoriga chiqish orzusida, lekin bunga yakka o’zi erisha olmaydi, mintaqaviy hamkorlik va birdamlik zarur, deya tan oladi u.

Shirinov fikricha, Markaziy Osiyoda davlatlar ikki tomonlama aloqa qiladi, ammo guruh sifatida ishlay olmaydi.

Birdamlik yo’qligida kim aybdor - xalqlarmi yoki rahbarlar? Yonma-yon yashaydigan elatlar bir-biriga tarixiy va madaniy qanchalik yaqin ekani haqida ko’p gapiradi, lekin muammolarni yechishga kelganda, rahbarlar tafovutlarga urg’u bera boshlaydi: iqtisodiy taraqqiyot bir darajada emas, siyosiy manfaatlar boshqacha, har bir davlatning o’z tanlagan yo’li bor.

Imomali Rahmon
Imomali Rahmon

Yillar davomida region ziyolilari suv bo’yicha kelishmovchiliklarni rahbarlar yuzma-yuz o’tirib, bir piyola choy ustida hal etishi mumkin deb keladi. Siyosiy va shaxsiy iroda kerak buning uchun.

Tojikiston elchisi Abdujabbor Shirinov Rog'un va boshqa kelishmovchiliklar oddiy masalalar emas, rahbarlar yuzma-yuz o’tirib yecha olmaydi, deydi.

Nima uchun? Rahbarlar murosa qilmasa, bu ishni kim qiladi?

O’tgan 20 yillik tarixni kuzatgan mutaxassislar nazarida, regionda birdamlik yo’qligining sababi ko’p jihatdan prezidentlarning kekkaygani va bir-biri bilan til topisha olmasligi.

Rahbarlar murosa qilmasa, bu ishni kim qiladi?

Qozog’istonning AQShdagi elchisi Erlan Idrissov “boshqalarni bilmayman-u, lekin bizning rahbarda bunday muammo yo’q”, - deydi.

“Prezident Nursulton Nazarboyev uzoq yillardan beri iqtisodiy va siyosiy birdamlik haqida gapirib keladi, ittifoq tuzish takliflari bilan chiqqan”, - deydi u.

Islom Karimov
Islom Karimov

O’zbekistondan bu borada biror izoh olish qiyin. Lekin prezident Islom Karimov ham 1990-yillarda Markaziy Osiyo birlashishi kerak, iqtisodiy ittifoq zarur deb chiqqan. Oradan 10 yil o’tib, 2000-yillardagi muzokaralarda, davlatlar siyosiy-iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan teng emas degan fikrlarni bildirgan.

Muktar Jumaliyev, Qirg’izistonning AQShdagi elchisi, uning davlati demokratik jamiyat ekanini qayd etib, yaqinda saylangan yangi prezident birdamlik tarafdori ekanini aytadi.

Vashingtondagi Jeymstaun Jamg’armasida (The Jamestown Foundation) o’tgan davra suhbatida O’zbekiston va Turkmaniston elchilari qatnashmadi. Vaholanki, ular ham taklif qilingan edi.

Umuman olganda, regionda barcha hukumatlar Amerika bilan Yangi Ipak Yo’li ustida ishlashga tayyor.

Lekin, deya bildiradi ular, Vashington olg’a surayotgan tashabbus aslida yangi emas. Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Yevropa tomon yo’nalgan savdo va transport yo’nalishlari allaqachon ochilgan va ularni kengaytirish uchun harakat avjida.

Amerika biror yangi loyiha taklif qilsa, unga mablag’ ham topish kerak. Qirg’iziston va Tojikiston moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda ekan, tashqi sarmoyaga tayanmay iloj yo’q.

Nursulton Nazarboyev
Nursulton Nazarboyev

Qozog’iston elchisi Idrissov esa “tashabbus quruq gap emasligini amalda isbotlash kerak, Amerika loyihalarga boshchilik qilsin, biz tayyor”, - deydi.

Diplomatlar terrorizm tahdidi va qoradori savdosi singari masalalarni tilga oladi. Ularga qarshi kurashda Amerika yordami beqiyos, deydi ular.

Osiyo Taraqqiyot Banki - regionda uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan donor tashkilot. Uning yetakchi mutaxassisi Alessandro Pio tahlilicha, Markaziy Osiyo davlatlari oldida to’rt murakkab vazifa turibdi.

Birinchidan, davlatlar bir-biriga transport va savdo bobida yaxshiroq ulanib olishi kerak. Ikkinchidan, energetik ta’minotni to’g’rilash kerak, toki mintaqada hech kim quvvatsiz qolmasin. Uchinchidan, infratuzilmani rivojlantirish kerak, yangi kelishuvlar zarur. To’rtinchidan, suv va atrof-muhit bilan bog’liq masalalarni hal etish lozim.

Yangi Ipak Yo’li tashabbusini quvvatlayotgan, Markaziy va Janubiy Osiyoda bir necha yirik loyihalarga boshchilik qilayotgan Osiyo Taraqqiyot Banki vakili deydiki, transport yo’llari savdo yo’llariga, ular esa o’z navbatida vaqti kelib iqtisodiy tizimlarga aylanishi kerak.

CAREC, Markaziy Osiyo Mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorligi nomli loyihalar, yuqoridagi maqsadni ko’zlaydi va 2004-yildan beri Osiyo Taraqqiyot Banki unga 275 million dollar ajratgan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy and The National Interest. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG