Mustaqillikning 24-yilida Markaziy Osiyo davlatlari harbiy jihatdan qanchalik qudratli? O’z qurolli kuchlarini ular nima hisobiga va nima sabab kuchaytirishga urinmoqda? Tashqi dunyodan qanchalik yordam olmoqda?

Aholisi 30 milliondan oshgan, yalpi milliy mahsuloti 60 milliard dollarga yaqinlashayotgan O’zbekiston, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 65 ming harbiyga ega. Davlat byudjetining 3 foizga yaqini (180 million) qurolli kuchlarga ajratiladi.

17 milliondan ziyod aholiga ega va yalpi milliy mahsuloti 245 milliard dollarga yaqin Qozog’istonda qurolli kuchlar soni 100 mingdan ko’p va byudjetdan taqriban 1,5 milliard dollar bu soha taraqqiyotiga sarflanadi.

Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston qurolli kuchlari soni O’zbekiston va Qozog’istonnikidan ancha kam va ularga ajratiladigan mablag’ ham shunga yarasha.

Biroq Qirg’iziston va Tojikiston harbiy jihatdan chet eldan eng ko’p yordam olib kelayotgan davlatlar. Ko’mak asosan Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Amerika va Turkiyadan.

Ekspertlar deydiki, bugun har bir respublikada harbiy xizmat o’ziga xos shakl va tamoyilga ega tizim. Hukumatlar bu jabhada islohotlar jadal olib borilgan deya ishontirishga urinadi, lekin mutaxassislar nazarida gap islohotlarda emas, siyosiy e’tiborda.

Tuzumlar o’z xavfsizligini mustahkamlashga uringan sari qurolli kuchlarning ahamiyati va roli ortib bordi. Bugungi kunda harbiy sohada ishlash nafaqat obro’, balki barqaror maosh va ijtimoiy himoya demakdir.

Qurolli kuchlar davlat xizmatida, davlat deganda esa asosan rahbariyat nazarda tutilmoqda, xalq emas, deya eslatadi Jorj Vashington universitetida bu borada davra suhbati qilgan olimlar. Ular fikricha, mamlakatlarni harbiy jihatdan qiyoslash noto’g’ri.

Odamlar o’zlari yashayotgan mamlakatda qurolli kuchlar nimaga qodir ekanini yaxshi biladi, deydi Kolumbiya universiteti professori Aleks Kuli.

Harbiylar mintaqaning har bir jamiyatida, xususan O'zbekistonda, tuzum himoyachilaridir. Har qanday muxolifatga qarshi turishga o'rgatilgan kuch.

Lekin tuzum bu hukumat, hukumat bu davlat, davlat esa vatan degan fikrni ham rad etib bo'lmaydi, deydi ayrim sharhlovchilar.

AQSh Tinchlik Institutidan ekspert Skot Smit tahlilicha, Markaziy Osiyo rahbarlari qanchalik yakkahokim bo’lmasin, shu kungacha mintaqada barqarorlikni ta’minlay oldi. To'g'ri, o'tgan 10 yil ichida bir necha fojia, to’qnashuv va etnik kelishmovchiliklar yuz berdi. Biroq, deydi mutaxassis, Markaziy Osiyo umuman olganda tinch hayot kechirmoqda. Ko’pchilikni xavotirga soladigan masala - bu barqarorlik qancha davom etishi mumkin?

Hozirgi rahbarlar, ayniqsa O’zbekiston va Qozog’istonda o’zgarsa, bu katta va murakkab jamiyatlarning holi qanday kechadi? O’tish davri silliq kechishi uchun sharoit hozirmi? Vashingtondagi siyosiy-ilmiy doiralarda ko'pchilik unchalik katta o'zgarish bo'lishiga yoki qonli ixtilof boshlanishiga ishonmaydi.

Tinch va oshkora siyosiy raqobat uchun zamin yaratilishi kerak. Rahbarlar xalqning rahmatini olmoqchi bo’lsa, shuni puxta o’ylab qo’yishi kerak, deydi olimlar.

Tashqi xavf deganda ko’pchilik Afg’oniston va terrorizmni tilga oladi. “Islomiy davlat” ning tezlikda oyoqqa turgani, uning safida mintaqa yoshlari ko’pligi, shuningdek, Ukrainadagi mojaro, Rossiya Qrimni bosib olishi va sharqiy chegaralaridagi separatist kuchlarni quvvatlab kelayotgani Markaziy Osiyo rahbarlari va xalqlarini ancha sergak torttirgan. Omma fikri kim tomonda bo’lishidan qat’i nazar, real tahdid darajasi oshganini rad etish qiyin.

Hukumatlar tegishli choralar ko’rilayotganini bildiradi. Hamkor davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanmoqda deya qayd etiladi.

Ammo qo’shnilar orasida harbiy rishtalar juda sust, deydi chegara muammolarini o’rganib kelayotgan mutaxassislar. Farg’ona vodiysida chegara va anklavlar masalasi chetda qolib ketmoqda, deya eslatadi ular.

Jorj Vashington universitetida kechgan ilmiy anjumandan, 12-yanvar, 2015
Jorj Vashington universitetida kechgan ilmiy anjumandan, 12-yanvar, 2015

Mintaqaning eng yirik harbiy hamkori Rossiya Qirg’iziston va Tojikistonda minglab qurolli kuchga ega, bu davlatlarga ulkan yordam va’da qilgan. G’arb, xususan Amerika va Yevropa Ittifoqi ham bu sohada hamkorlikni davom ettirmoqda, lekin juda tor ko’lamda. Kelasi yillarda bu borada biror o’zgarish kutilmayapti. Manfaat, talab va sharoitga qarab ish ko’riladi, deydi AQSh rasmiylari.

Garvard universitetidan harbiy mutaxassis Dmitriy Gorenburg va Kolumbiya universiteti professori Aleks Kuli deydiki, Rossiya uchun harbiy bazalar Markaziy Osiyoda qudrat timsoli bo’lsa, Amerika ularga amaliy nuqtai nazardan yondashadi, ya’ni harbiy bazalar tranzit va muayyan amaliyotlar uchun qo’llanadi.

AQSh Qirg’izistondagi Manas aerodoromidan 13 yil foydalanib, uni 2014-yilda bo’shatdi. 2001-2005-yillar orasida O’zbekistonda ham bazaga ega edi. Andijon voqealari ketidan Vashingtondan yog’ilayotgan tanqidga chiday olmagan Toshkent bu inshootni yopgan. 2012-yilda kuchga kirgan qonun chet el bazasi uchun ruxsat bermaydi. Lekin Termizdagi aerodrom uzoq yillardan beri NATO xizmatida.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG