Breaking News

AQShda 786 bola shafqatsiz muomala natijasida o'lgan


"Associated Press" axborot agentligining hisobicha, Amerikada oxirgi olti yilda 786 nafar bola berahm muomala va beparvolik oqibatida nobud bo'lgan. Ko'pining holidan mas'ul idoralar xabardor bo'lgan.

Axborot agentligining sakkiz oylik jurnalistik tekshiruv natijasida aniqlashicha, bolalarning aksariyati kaltaklangan, ochlikda yashagan, holbuki davlat idoralari bu qiz-o'g'illar hayoti xavf ostida ekanini bilgan.

"Associated Press" 50 shtat, jumladan, Vashingtonda so'rov o'tkazgan. Ayon bo'lishicha, ko'p shtatlar aniq raqamlarni havola etmagan va ma'lumot aksariyat hollarda sir tutiladi.

786 bolaning ko'pi to'rt yoshga to'lmay turib nobud bo'lgan.

Bolalar o'limiga doir ma'lumotni to'plash tizimida nuqsonlar talay. Har yili shafqatsizlik va qarovsizlik oqibatida qancha farzand jon berishini aniq aytish mumkin emas, deyiladi axborot agentligi xulosasida.

Bolalar qarovsiz qolishi, zug'umga uchrashi kabi holatlarga sababchi omillar sirasida byudjet kamomadi, mas'ul tashkilotlarda odam yetishmasligi, yolg'iz bolalarga doir ishlar soni tobora oshib borayotganini ko'rish mumkin.

Mas'ul idoralarga yiliga uch million bolaga taalluqli shikoyatlar tushsa, 40 foizi tergov qilinmaydi. O'g'il-qizlarga jabr qilgan shaxslar esa boshqa shtatlarga ko'chib javobgarlikdan qochadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG