Breaking News

Davlat departamenti: Xitoyda huquqiy ahvol yomonlashgan


Ezra Zeya, Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha muovini vazifasini o'tayotgan rasmiy Pekindagi matbuot anjumanida so'zlayapti. 2-avgust, 2013-yil.
Ezra Zeya, Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo'yicha muovini vazifasini o'tayotgan rasmiy Pekindagi matbuot anjumanida so'zlayapti. 2-avgust, 2013-yil.

Hafta boshida huquq bobida Xitoy bilan kechgan muzokaralar AQShning umidini oqlamadi, deydi mutasaddilar.

AQSh Davlat departamenti Xitoyda inson huquqlari bilan bog’liq ahvol og’irlashayotganidan xavotirda.

Rasmiy Pekin huquq faollarining oilalarini ta’qib qilib, ozchilik etnik va diniy guruhlar haqqini poymol etmoqda.

Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat bo’yicha muovini vazifasini o’tayotgan Ezra Zeya hafta boshida bu borada Xitoy bilan kechgan muzokaralar AQSh umidini oqlamadi, deydi.

Uning bugun Pekinda aytishicha, Xitoy hukumati Tibet va Shinjon Uyg’ur muxtoriyatida tobora repressiv siyosat yuritayapti.

Pekin-Vashington muzokaralarida huquq eng qaltis va munozarali mavzulardan, biroq Amerika diplomatiyasining muhim qisimidir, deydi Ezra Zeya.

Ikki taraf ushbu nozik masalani muhokama qilish uchun 18 bor uchrashishi edi. Xitoyda yuz minglab odamlarni kambag'allik botqog'idan qutqarish uchun qilingan olamshumul sa'y-harakatlarni tan olamiz, deydi Zeya. Ammo hukumat siyosati xalqaro me'yorlarga mutlaqo javob bermaydigan sohalar zanriji bor.

Zeya korrupsiya, ekologiyaning yemirilishi, mehnatkashlar xavfsizligi, qonun ustuvorligi, diniy erkinlik va boshqalarni misol qiladi.

Masalan, Xitoyda yangi rahbar Shi Zinpin ishga tushganidan beri o'nlab faollar rasmiylarning shaxsiy mulki haqidagi axborot e'lon qilinsin, deb chiqqani uchun qamalgan.

Ayni paytda, rasmiy Pekin davlat idoralarida isrofgarchilik, keraksiz xarajatga qarshi butun boshli kampaniya olib borayapti. Xitoy Kommunistik partiyasi poraxo'rlikka qarshi qaqshatqich kurash olib borayotganini ta'kidlaydi.

Ayrim faollar "qora turmalar"da saqlanayotgan mahbuslar ozod qilinishini talab etgani uchun panjara ortiga tashlangan. Bu maxfiy turmalar yordamida hukumat tanqidchilarning ovozini o'chirishga urinib keladi.

Xitoy G'arbning tanqidini e'tiborsiz qoldirib, o'z ichki ishlariga aralashuv deya ta'riflaydi. Qamoqqa olingan shaxslarga mahalliy qonunlar asosida muomala qilinayapti, deya javob qiladi kommunistik mamlakat mulozimlari.

Ayrim huquq himoyachilari 1990-yillar boshidan beri olib borilayotgan Pekin-Vashington dialogini samarasiz hisoblaydi. "Uchrashuvlar keraksiz eski odatdan nariga o'tmayapti", - deydi ular.

Ammo Ezra Zeyaning aytishicha, oxirgi bir yilda kommunist o'lkada o'zgarishlar kuzatilgan. "Har yerda bo'lgani kabi Xitoy ahli huquqi e'zozlanishiga haqli, hukumat esa fuqaroga javob berishi, uning talablarini qondirishi shart. Bu muzokaralar xitoyliklar orzu-umidlari haqida", - deydi Amerika rasmiysi.

Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:30 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG