Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek
Robiya Qodir Xitoy siyosatini qoralagani uchun turmada o'tirib chiqqan. Amerika bosimi ostida ozod etilib, mana bir necha yildan beri shu yerda yashaydi. Uyg'ur ozodlik harakatining asosiy quvvatlovchisi ham Qo'shma Shtatlardir. Vashington va Pekin siyosiy-iqtisodiy jihatdan bir-biriga qanchalik kerak bo'lmasin, uyg'ur masalasi chetga surilgan emas, Amerika biz tomonda, deydi Robiya Qodir. Davlat departamenti, Kongress va bu yurt ahli uyg'urlar erkin yashasin deydi. Yevropa davlatlari, Amerika va Kanada, Avstraliya va dunyoning boshqa taraflarida istiqomat qilayotgan uyg'urlar bugun Robiya Qodir yetakchiligida birlashgan. Mag'rur lider bugungi vaziyat va xalq taqdiri haqida jo'shib, hissiyotlarga to'lib so'zlaydi.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
May 29, 2023
Xalqaro hayot - 29-may, 2023-yil
-
May 29, 2023
Rossiya neftini kimga sotmoqda?
-
May 29, 2023
Amerika Manzaralari: Muhojirlar, Xitoy, O'zbekiston
-
May 29, 2023
AQShda Xotira kuni nishonlanmoqda
-
May 28, 2023
Kaliforniya: tabiat bilan oshno oila