Breaking News

Markaziy Razvedka Agentligini ayol kishi boshqaradi

update

Jina Haspel Markaziy Razvedka Boshqarmasida 30 yildan oshiq tajribaga ega

Markaziy Razvedka Boshqarmasida 30 yildan oshiq tajribaga ega Jina Haspel uning direktoriga aylandi. Senatda so'zlar ekan, u katta va'dalar berdi, jumladan qiynoqlarga yo'l qo'ymaslikka.

Haspelga nisbatan asosiy norozilik shundan iborat ediki, u terrorga qarshi urush boshlangan paytda, ya'ni 2001-yildan keyingi davrda mahbuslarni qiynoqqa solishda muhim rol o'ynagan va amaliyotni yoqlagan. 2002-yilda u Tailandda yashirin hibsxonani yuritgan, u yerda mahbuslar azoblangani haqida dalillar bor. Senat Razvedka qo'mitasi 2014-yilda bu agentlikni shafqatsiz qiynoqlarda ayblab, ming betga yaqin hisobot chiqargan.

61 yoshli mutaxassis deydiki, o'tmishdagi xatolardan saboq olib, kelajakda huquqbuzarlik va qonunbuzarlik hollarining oldini olish lozim. Uning fikricha, Markaziy Razvedka Boshqarmasining asosiy vazifasi maxfiy ma'lumotlar to'plash, mahbuslarni tergash emas. Xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur informatsiya yig'ish birlamchi funksiyadir, deydi Haspel.

VIDEO: Jina Haspel senatorlar oldida (ingliz tilida)

CIA Chief Nominee Haspel Vows Not to Restart Detention, Interrogation Program
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:09 0:00

"Men sizga shaxsan so'z beraman: Markaziy Razvedka Agentligi mening rahbarligimda yashirin hibs va so'roq qilish, jumladan qiynoqqa solish ishlari bilan shug'ullanmaydi", - dedi Haspel senatorlar oldida.

"Qiynoqlarga aslo yo'l qo'ymaymiz".

Respublikachi qonunchilar nazarida agentlikni boshqarish uchun Haspeldek iqtidorli inson yo'q. U bu idoraning tarixdagi birinchi ayol direktori bo'ldi.

Haspel Senatda gapirayotgan paytda norozilik namoyishlari ham kechdi. Namoyishchilar "Qonxo'r Jina, sen odamlarni qiynoqqa solgansan", - deya hayqirishdi.

Jina Haspelga qarshi namoyishlar, Senat, 9-may, 2018
Jina Haspelga qarshi namoyishlar, Senat, 9-may, 2018

Ayrim respublikachilar Haspeldan agar Prezident Donald Tramp kimnidir "qiynoqqa soling" deya buyursa, nima qilasiz, deb so'radi.

"Prezident bunday buyruq bermaydi deb o'ylayman", - deb javob berdi Haspel. "Vijdonan ish tutishimiz kerak va qonunlarga bosh egishimiz shart".

Demokratlar nazarida Haspelning va'dalariga uchmaslik kerak, chunki u o'tmishda vijdonsizlarcha ish tutgan. Buning ustiga qiynoqlarni aks ettirgan video kassetalarni yo'q qilishga ham hissa qo'shgan.

Haspel deydiki, Markaziy Razvedka Boshqarmasi Amerika tinchligini saqlashda yetakchi rol o'ynab keladi va o'ziga nisbatan ishonchni hamisha oqlagan va oqlashda davom etadi.

Nomzod direktorlikka tayinlanish uchun senatorlarning aksariyati unga ovoz berishi kerak edi va bugun bunga erishildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG