Hillari Klinton prezidentlikka saylanadi deya qattiq ishongan Barak Obama Rossiyaning qora ishlariga ko'z yumgan, ularga qarshi keskin chora ko'rmagan, deydi Donald Tramp. Sidqidildan harakat qilganida balki kiber-xurujlarni to'xtatgan bo'lar edi, deydi prezident.

Markaziy Razvedka Boshqarmasi o'tgan yilning avgust oyida, ya'ni saylovdan uch oy oldin bayon qilganidek, Rossiya rahbari Vladimir Putin AQSh saylov jarayonini buzishni ko'zlab, aniq buyruqlar bergan. Tramp yutishiga yordamlashish asosiy maqsadlardan biri bo'lgan, deydi razvedka ahli.

Obama, "Washington Post" gazetasi yoritganidek, bu hisobotni olgach masalani uzoq o'rgangan va muhokama qilgan. Biroq dekabr oyigacha konkret chora ko'rmagan. Tramp g'alabasi ketidan dadil qadamlar tashlangan. Rossiyaning 35 diplomati haydalgan. Bu davlatga tegishli ikki obyekt musodara qilingan.

Barak Obama
Barak Obama

Hillari Klinton
Hillari Klinton

Tramp nazarida Obama vaqtida qaror qilganida saylov tizimini Rossiya hamlasidan saqlab qolgan bo'lar edi. Lekin u "baribir saylangan bo'lar edim", deya ishonadi.

Federal Qidiruv Byurosining sobiq direktori Robert Myuller boshchiligida hozirda bu ish tergov ostida. Kongress ham katta tekshiruv bilan band.

Tramp deydiki, natija va xulosa qanday bo'lishidan qat'i nazar, u va uning komandasi haqqoniy faoliyat yuritgan va hech kim uning boshqaruvini savolga tuta olmaydi.

Rossiya bir necha shtatlardagi saylov sistemalariga xuruj qilgan bo'lishi mumkin lekin bu bilan xalq ovozini o'zgartira olmagan, deydi prezident.

2016-yilning 8-noyabrida o'tgan saylovda ko'pchilik Tramp uchun ovoz bergan va g'olib demokratik va adolatli ravishda aniqlangan, deydi prezident tarafdorlari.

Oq uy Rossiya bilan tili bir emasligini qayd etib keladi.

"WikiLeaks" saylov oldidan Klinton va uning atrofidagilarga tegishli elektron tizimlardagi shaxsiy yozishmalarni oshkor etib, demokratlarni sharmanda qilishga uringan. Bu bilan Klintonga nisbatan ishonch yemirilgan, omma fikri qattiq o'zgargan, deydi tahlilchilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG