Breaking News

Amerikaliklarning yana bir urushga tobi yo’q


Amerikaliklarning yana bir urushga tobi yo’q/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00
Yuklab oling

Yaqingacha urush ehtimoli bilan yuzlashib turgan Suriya taqdiri endi diplomatlar qo’lida. AQSh Kongressi Suriya hukumatiga qarshi harbiy chora ko’rishga doir rezolyutsiyani ovozga qo’yishi kutilgan edi.

Ammo aksariyat qonunchilar bunga hojat qolmaydi degan umidda. So’rov natijalairga ko’ra, amerikaliklarning 60 foizdan oshig’i Suriyani nishonga olishga qarshi.

Amerika bo’ylab fuqarolar yana bir urushga “yo’q” deb chiqmoqda. Qonunchilik organi joylashgan Kapitoliy qarshisida plakatlarni ko’tarib olgan faollar…

“CODEPINK” tashkiloti rahbari Medea Benjamin xalq orasidagi kayfiyat 10 yil oldingidan ancha farq qiladi, deydi.

“O’tgan-ketganlardan bir so’rang… sayyohlar, yo’lovchilar, politsiyachilar, Kongress xizmatchilari va haydovchilar … hammaning istagi faqat tinchlik”, - deydi u.

Albatta bugungi aksiyalarni 1960-70 yillarda Vyetnam urushiga qarshi yirik namoyishlar bilan solishtirib bo’lmaydi. Ammo, deydi kongressmen Alan Greyson, qat’iy qarshilik sabab harbiy harakatlar to’xtatib qolindi.

“Vyetnam urushidan beri tinchlikparvar guruhlarning eng katta g’alabasi deb bilaman buni. Internetda 100 ming kishi Suriyaga hujum rejasini qoralab chiqdi”, - deydi Greyson.

Kongressmen Trey Reydel muxolif Respublikachilar partiyasidan, lekin yuqoridagi fikrga qo’shiladi.

“Gap bu yerda urushga qarshi ekanimizda emas. Prezident bizga ko’rsatib bersin, Suriya AQShga qanday xavf solayotganini. Ana undan keyin rejalar haqida gaplashamiz”.

Respublikachilarni hovuridan tushirgan - Iroq va Afg’oniston, degan iddaolar asossiz, deydi Reydel.

“Partiyamiz yakkalanib qolgani yo’q. Harbiy kuch o’rnida qo’llanishi kerak deb chiqayapmiz xolos”.

Professor Alan Lixtman nazarida respublikachilarning Suriya bo’yicha pozitsiyasi jiddiy bir o’zgarishdan darak emas.

“O’tgan yillar ichida qayta-qayta guvoh bo’lganmiz. Muxolifat Obamaga biror masalada yon bermaydi, yordam ham bermaydi”, - deydi Lixtman.

Amerika xalqi va u saylagan vakillar har qanday mojaroga aralashish kayfiyatidan yiroq ekani ayon. Prezident Obama Suriyaga harbiy zarba berish uchun Kongressdan ruxsat so’ragani bejiz emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG