Breaking News

Jahon bo'ylab koronavirus yuqtirganlar 29 millionga yetmoqda


Mumbay shahri, Hindiston
Mumbay shahri, Hindiston

Dunyo bo’ylab koronavirusni yuqtirganlar qariyb 29 millionga yetdi. Infeksiyalar soni bo’yicha Qo’shma Shtatlar hamon birinch o’rinda – 6,5 milliondan ziyod.

4,7 million odamda virus aniqlangan Hindiston Braziliyani ortda qoldirib, ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Mamlakatning moliyaviy poytaxti hisoblanmish Mumbay joylashgan Maxarashtra shtatida kasallar soni 1 milliondan oshgani iqtisodiyotni jonlashtirish sa’y-harakatlariga zarba bo’ldi. Braziliyada 4,3 million holat qayd etilgan.

“New England Journal of Medicine” nashriga ko’ra, aholining yoppasiga niqob taqishi “kasallik og’ir kechishini kamaytirishi hamda yangi infeksiyalarning katta qismi asimptomatik bo’lishiga yordam berishi mumkin”.

Agar ushbu taxmin to’g’ri bo’lsa, deyiladi maqolada, yuzga niqob taqishni emlashning bir turi deb ko’rsa bo’ladi.

12-sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida kunlik kasallanish 1007 ga yetib, may oyidagi ko’rsatkichlardan ham oshdi. Hukumat aholini profilaktik choralarga qat’iyan rioya qilishga chaqirmoqda.

Gretsiyaning Lesbos orolida ketma-ket yong’inlar natijasida “Moriya” lageri vayron bo’lib, o’rniga yangisini qurish rejasi norozilikka sabab bo’lmoqda. Minglab odam ochiq havoda tunayapti.

Gretsiya rasmiylari koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan karantin choralaridan g’azablangan qochqinlar lagerga o’t qo’yganini da’vo qiladi. Gavjum lagerda 35 kishida koronavirus aniqlangan.

Bu orada, “AstraZeneka” (AstraZeneca) kompaniyasi koronavirusga qarshi eskperimental vaksina sinovlarini qayta boshladi. Ko’ngillilardan biri kasallanishi oqibatida sinov vaqtincha to’xtatilgan edi. Kompaniya sinovlarda tanaffus tekshiruvlar uchun zarur ekani, bu odatiy holat ekanini qayd etmoqda.

“AstraZeneka” preparati ko’ngillilar ishtirokida uchinchi bosqich sinovlaridan o’tayotgan to’qqiz vaksinadan biridir. 31-avgust kuni kompaniya 30 000 ko’ngillini ro’yxatdan o’tkazishni boshlagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG