Breaking News

Aholini koronavirusga qarshi emlashda diniy yetakchilar yordam beryapti


Vaksina targ’ibotiga ruhoniylar jalb etilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

Amerikada aholining taxminan uchdan bir qismi koronavirusga qarshi vaksina olishni istamaydi. Yangi tadqiqotga ko’ra, diniy yetakchilar odamlarni emlanishga ko’ndira olishi mumkin.

Jorjataun Iso cherkovi – Vashingtondagi eng qadimiy cherklovlardan biri. 2020-yilning martida AQSh poytaxtida koronavirusga chalingan ilk bemor ham shu yerda aniqlangan - ruhoniy Timoti Koul.

“Menga “nolinchi bemor” degan nom qo’yishgan”, - deydi u.

Bugunga kelib Koul va cherkovga keladiganlarning deyarli barchasi emlangan. Koul hammani o’z sog’ligi va boshqalarni ham o’ylagan holda vaksina olishga undagan. Boshqa diniy yetakchilarni ham shunday qilishga da’vat etadi.

“O’ylashimcha, virusni yuqtirib olganim zoye ketmadi. Aytmoqchimanki, jamoamizni xavf haqida erta ogohlantirdim. Uzoq muddatda bu hamma uchun foyda bo’ldi”, - deydi suhbatdosh.

Tim Koul COVID tashxisi bilan kasalxonaga yotqizlishidan bir necha kun oldin boshqa shtatga konferensiyaga borgan. Qaytib kelgach o’z cherkovida ma’ruzalar qilishda davom etgan.

“Unga koronavirus tashxisi qo’yilishidan oldingi yakshanbada cherkovga kelganlardan biri men edim. Albatta, hammamiz bundan tegishli xulosa chiqardik, yurish-turishimizga e’tibor bera boshladik”, - deydi Richard Tompson.

Yaqinda o’tkazilgan so’rovda amerikaliklarning uchdan bir qismi vaksina olish yoki olmaslik borasida diniy yetakchilarga quloq tutishini aytgan. So’ralganlarning yarmi fikricha, emlanish bu “qo’shningni o’zing kabi sev” degan amrga amal qilish demakdir.

“Vaksina borasida ikkilanib turganlar, ayniqsa injilchi protestant va qora tanli protestant guruhlar diniy da’vatlarga quloq tutishini bildirmoqda. Demak, mana shu yo’l orqali bu odamlarni vaksina olishga ko’ndirish mumkin”, - deydi diniy tadqiqotchi Natali Jekson.

“Pandemiyani tugatishga yaqin ekanmiz, cherkov, masjid va sinagogalar bu jarayonda muhim rol o’ynashi mumkin. Diniy yetakchilar o’z jamoalariga vaksina olish ahamiyatini, kasallikni jiddiy qabul qilish kerakligini tushuntirishi kerak”, - deydi Chad Torli, dindor amerikalik.

Hozirda AQShda 16 yoshga to’lgan barcha odamlar istagan payt bepul vaksina olishi mumkin. Kasalliklarni nazorat qilish markaziga ko’ra, aholi orasida emlanganlar 30 foizdan oshdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG