Hisobot: Dunyo bo'ylab 259 jurnalist qamoqda

  • Amerika Ovozi

Eng ko'p hibsga olingan jurnalistlar Turkiyada

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi dunyo bo'ylab kasbiy faoliyati uchun tazyiqlarga uchragan jurnalistlar haqida yillik hisobotini e'lon qildi.

Unga ko'ra, hozir dunyoda 259 jurnalist hibsda. Bu raqam o'tgan yilga qaraganda 60 taga ko'p. 2015-yil hibsdagi muxbirlar soni 199 ta edi.

Matbuot vakillarini eng ko'p panjara ostiga tashlagan davlat Turkiya. Bu yerda 81 qalamkash qamoqda o'tiribdi. Ikkinchi o'rinda Misr. Bu o'lka 25 jurnalistni hibsga olgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko'p jurnalistlarni qamoqqa tashlagan davlat O'zbekiston bo'lib turibdi. Qo'mita hisobotiga ko'ra, bu yerda jurnalistik faoliyati tufayli ozodlikdan mahrum qilingan ijodkorlar soni ayni paytda 5 ta.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasiga ko'ra, Muhammad Bekjon, Yusuf Ro'zimurodov, Solijon Abdurahmonov, Dilmurod Said va Jamshid Karimov kasbiy faoliyati tufayli hukumat tazyiqiga uchrab, ayni paytda qamoqda jazo o'tamoqda.

Qozog'istonda 3 ta, Qirg'iziston va Turkmanistonda bittadan jurnalist hibsda. Tojikiston hisobotga kiritilmagan.

Faollarga ko'ra, aslida raqamlar bundan yuqori bo'lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG