Breaking News

Osiyo bilan hamkorlik istiqboli qanday?


Obama hududda AQShning nufuzini oshirish uchun astoydil harakat qildi. Biroq bu urinishlar samarasi joriy yilgi prezident saylovlari natijasiga bog’liq.
Obama hududda AQShning nufuzini oshirish uchun astoydil harakat qildi. Biroq bu urinishlar samarasi joriy yilgi prezident saylovlari natijasiga bog’liq.

Osiyo Tinch okeani regioni Amerika kelajagi va farovonligi uchun muhim mintaqa hisoblanadi. Obama ma’muriyati hududda AQShning nufuzini oshirish uchun astoydil harakat qildi. Biroq bu urinishlar samarasi joriy yilgi prezident saylovlari natijasiga bevosita bog’liq.

Janubiy Xitoy dengizi ustida talashib-tortishishlar tinmayapti.

Shimoliy Koreya yadroviy dasturni tobora avj oldirmoqda.

Amerika va Xitoy esa mintaqada savdo bobida raqobat qilayapti.

Xullas, Amerikaning kelgusi prezidentini katta yumushlar kutmoqda.

Lekin saylov yilidagi bahslar AQShning bu regiondagi istiqboliga soya solishi hech gapmas.

“Region davlatlari AQShning roli va ishtirokiga shubhalanib qaray boshlagan. Amerika demokratiyasi savol ostida hozir”, - deydi Brukings instituti olimi Jonatan Pollak.

Xillari Klinton Osiyo Tinch okeanida Amerikaning roli oshishi tarafdori. Lekin siyosiy bosim ostida u mazkur hamkorlikning ustuni hisoblangan Trans-Tinch okeani hamkorlik bitimiga qarshi ovoz berdi.

“Saylovdan keyin ham, prezident etib saylanganidan keyin ham qarshi ovoz beraman”, - dedi Klinton.

Biroq oxirgi paytlarda uning yondashuvi biroz yumshaganday.

“Oxirgi qilgan chiqishlarida Klinton biroz murosaga ko’nganday”, - deydi Pollak.

Kurt Kambell Xillari Klinton davlat kotibi paytida uning qo’lida ishlagan.

“Klinton xonim Trans Tinch Okeani hamkorlik bitimining hozirgi ko’rinishini qabul qilmasligini oldindan aytib keladi. Lekin mamlakat kelajagi uchun tijoriy hamkorlik ma’qullanishi lozimligini Klinton xonim yaxshi biladi” – deydi Kambell.

Donald Tramp savdo kelishuviga mutlaqo qarshi. U, shuningdek, Yaponiyani himoya qilishga doir shartnomani bekor qilishi ehtimoldan xoli emas.

“Yaponiyaga birov hujum qilgudek bo’lsa biz urushga tortilishimiz kerakmish. Lekin bizga birov hamla qilsa, Yaponiya barmog’ini ko’tarmaydi. Uyida bemalol o’tirib “Sony” televizorini tomosha qilib o’tiradi ular”, - deydi Tramp.

Tramp keyinroq bu bayonotini yamab, yumshatishga urindi.

“Bugungi muammolarni tubdan qayta ko’rib chiqish, strategiyamizni qaytadan ishlab chiqish payti keldi”, - deydi Piter Xekstra, Trampning maslahatchisi. “Biroq bu hamkorlik va do’stona aloqalarimizni bekor qilamiz degani emas”, - deydi u.

Yana bir hamkor, Filippin bilan aloqalar ham taranglashib borayapti.

Prezident Rodrigo Duerte AQSh bilan ittifoqchilik munosabatlaridan kechishga tayyor.

“Yaxshisi Rossiya va Xitoy bilan aloqa qilamiz”, - deydi Duerte.

Bu esa AQShning mintaqada tobora kuchga to’lib borayotgan Xitoyga bas keladigan davlatga aylanish rejalariga pand berishi mumkin.

AQSh va Osiyo: Manfaatlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG