Breaking News

Texnologiya kun sayin yangilanar ekan, eskisini nima qilamiz?


Soha egalari nazarida eskirgan, keraksiz jihozlarni aholidan oson va bepul qabul qiladigan punktlarni ko’paytirish kerak. Bu nafaqat iqtisodiyotga koni foyda, balki tabiat zaharlanishining ham oldini oladi.
Soha egalari nazarida eskirgan, keraksiz jihozlarni aholidan oson va bepul qabul qiladigan punktlarni ko’paytirish kerak. Bu nafaqat iqtisodiyotga koni foyda, balki tabiat zaharlanishining ham oldini oladi.

AQSh axlatxonalari millionlab yaroqsiz televizor, kompyuter va qo’l telefonlari bilan to’lib bormoqda. Bu manzaraga boshqa mamlakatlarda ham guvoh bo'lasiz.

Atrof-muhitni himoya qiluvchi tashkilotlar bosimi ostida bir necha shtatlar elektron chiqindilarni maxsus joylarda to’plashga qaror qilgan.

Mamlakat bo’ylab qayta ishlab chiqarish markazlari ham ko’payib bormoqda. Daromadbop biznes.

Ko’pchilik hech ikkilanmasdan yaroqsiz kompyuter va televizorlarni axlatga tashlaydi.

Bu muammo bir kun paydo bo’lishi aniq edi, deydi Amerika chiqindi nazorati uyushmasi rahbari Charlz Miller.

“Kundalik hayotimizda qo’llaydigan elektron mahsulotlarning turi kundan kunga ko’payib boryapti. Bu vositalarning umri qisqa. Yangisi chiqqanida keraksiz bir matohga aylanadi. Uyali telefonlar, kichik kompyuterlar har 2-3 yilda yangisiga almashtiriladi”.

AQSh Ekologiya Agentligi hisobicha, har yili bu mamlakatda 400 milliondan ziyod elektron uskunalar tashlab yuboriladi. Ko’plab shtatlarda elektron chiqindini taqiqlash va qayta ishlash loyihalarini yo’lga qo’yish muhokamada.

“Kompyuter qismlari, monitorlar va stereo moslamalarii bo’laklarga ajratib, ayrimlarini qayta ishlatsa bo’ladi”,- deydi mutaxassislar.

Mana shunday yangi inshootlardan biri Merilend shtati Baltimor shahrida joylashgan.

Uning rahbari Mayk Fannon yaroqli qismlar boshqa firmalarga sotiladi deydi.

“Ular o’z navbatida yana saralab boshqalarga sotadi. Tashlab yuborilgan texnika ichida qimmatbaho metallar ham talaygina. Axlatda yotganidan ko’ra qayta ishlab foydalansa bo’ladi", - deydi Fannon.

Tadbirkorning aytishicha, uloqtirilgan elektron vositalarning 20 foizi qayta ishlanadi. 13 yil avval bu ko’rsatgich 6 foizni tashkil etardi xolos.

Bularni aholidan yig’ib oladigan markazlar ko’paymoda. Shtatlar birin-ketin eski kompyuter, televizor va telefonlarni axlatga tashlashni taqiqlayapti. Qo’rg’oshin va merkuriy kabi zaharli moddalar yoyilishining oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

O’tgan yili bu shirkat 9 ming tonna mahsulotni yig’ib, qayta ishlashga topshirgan.

"Kompyuterlarning ba’zi qismlarini Kanadaga jo’natamiz", - deydi Mayk Fannon. Boshqa mahsulotlar esa Osiyo mamlakatlariga jo’natiladi.

“Siz ko’rib turgan buyumlar eritilib, ulardan mis ajratib olish uchun boshqa markazga jo’natiladi. Bizga kelib tushadigan uskunalarning barchasida mis bor. Bundan tashqari juda oz miqdorda oltin, kumush kabi qimmatbaho metallar ham ajratib olinadi",- deydi Fannon.

“Amerikada hozir elektron chiqindilarning 20 foizi shu tariqa qayta qo’llanadi. Bu raqam o’sishiga shubham yo’q. Deylik, makalaturaga munosabat tamoman o’zgargan-ku”,- deydi Amerika chiqindi nazorati uyushmasi rahbari Charlz Miller.

Soha egalari nazarida eskirgan, keraksiz jihozlarni aholidan oson, bepul qabul qiladigan punktlarni ko’paytirish kerak. Bu nafaqat iqtisodiyotga koni foyda, balki tabiat zaharlanishining ham oldini oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG