Breaking News

Qullikka qarshi kurashning eng samarali yo’li nima?


Odam savdosiga qarshi kurash - Fighting human trafficking
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Odam savdosiga qarshi kurash - Fighting human trafficking

Odam savdosi har bir mintaqa va davlatda bor muammo. Bolalar, ayollar va erkaklar qul qilib sotiladi, og’ir ishlarga majburlanadi. Bu chohdan chiqish esa osonmas. Amerikada har yili chamasi 100 ming odam inson savdosi qurboniga aylanadi.

Odam savdosiga qarshi kurash/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00
Yuklab oling

Alyaskadagi Makkinli tog’i Shimoliy Amerikadagi eng baland cho’qqi hisoblanadi. Qalin muzlik bilan qoplangan tog’ni zabt etaman degan mard tosh qotiradigan izg’iringa dosh berishi kerak.

Rayan Melcher, 40 yoshli veb-dizayner, odam savdosiga qarshi kurashib keladi. Buning uchun xayriya puli jamlayapti.

U bu illat haqida bir necha yil oldin, “Ko’rinmas bolalar” nomli hujjatli filmni tomosha qilayotib birinchi bor eshitdi:

“Ugandada bolalar terrorchi tashkilotlar safida jang qilishga majbur. Bolalar ba’zida bir necha yillab tutqinlikda yashaydi. Qiynoqqa solinadi. Qizlar katta yoshdagi askarlarga majburlab erga beriladi".

Rayan Melcher odam savdosi bilan olishayotgan tashkilotlar uchun xayriya puli to’plashga yordam beradi.

“Hozircha 5300 dollar jamg’ardik. 10 ming dollar to’plashimiz kerak”, - deydi u.

Advokat Shamir Makkenzi bu tashabbusni olqishlaydi.

“Hukumat ham moliya ajratadi, lekin ozlik qiladi. Aksariyat nodavlat tashkilotlarni suyab turgan - aslida xususiy donorlar”, - deydi u.

Makkenzi odam savdosi nimaligini biladi. Sakkiz yil oldin tanishi uni aldab o’g’irlab qochib, fohishalik qilishga majbur qilgan.

Ayol bugun zamonaviy qullikka qarshi kurashadigan xalqaro tashkilotda ishlaydi.

Maqsad fohishalikka majbur qilingan odamlarni qutqarish, deydi tashkilot vakili Tarin Offenbaker:

“100 ming amerikalik, jumladan, bolalar har yili vatanida zamonaviy qullik qurboniga aylanadi”.

Ushbu muammoni qo’porishning eng samarali usuli, deydi u, qurbonlarni masala yechimiga jalb qilish.

“O’zim fohishalikka majbur qilinmaguncha bu muammodan bexabar edim”, - deydi Brianna.

U huddi Shamir Makkenzi singari tanish erkak tomonidan aldanib qolgan.

“Menga xushomad qilar edi. Tinimsiz hazillashar edik. Chiroyli ekanimni aytib, ishonchimni qozonishga muvaffaq bo’lgan”, -deya eslaydi ayol.

Brianna ota-onasiga yolg’on gapirib, tanishi bilan boshqa shaharga ko’chib ketgan. Lekin o’qishga kirish o’rniga tungi klubda raqsga tushishga, fohishalik qilishga majbur qilingan.

Bugun qullikka qarshi baralla gapirayotgan Brianna muammo ortida xaridor turibdi, deydi. Talab bor ekan, taklif ham bo’ladi. Kuchliroq qonunlar va ular ijrosini ta’minlash zarur, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG